Toshkent shahri Temur Malik ko‘chasidagi burilish joyi yopilgani munosabati bilan 9-maydan 30, 95, 110 va 129-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishi o‘zgaradi. Shuningdek, 72-avtobusning ish vaqti 5:00 dan boshlanadi.
O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha 4 yillik milliy strategiya qabul qilindi. Bunda ichki ishlar organlarini narkotesterlar bilan ta’minlash, jinoyatlarni aniqlashda dronlardan foydalanish, mutaxassislar tayyorlash hajmini 5 baravarga oshirish va boshqalar maqsad qilingan. Batafsil.
Toshkentda ilk bor mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tdi. 20 ga yaqin yirik ishlab chiqarish korxonasi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. O‘zbekiston mudofaa sanoati yutuqlari — “Gazeta.uz”ning katta fotoreportajida.
Toshkentda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining da’vosi bo‘yicha Binance xalqaro kriptobirjasi ishiga doir sud jarayoni davom etmoqda. “Gazeta.uz” uchinchi yig‘ilishda ishtirok etdi.
IIV jazoni o‘tash joylarida masofaviy videouchrashuvlar tashkil etish imkoniyatini yaratishni taklif qildi. Xavfsiz videoaloqa tizimini o‘rnatish uchun Inm International bilan 10 yillik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
AstraZeneca butun dunyo bo‘ylab o‘zining koronavirus vaksinasi uchun marketing ruxsatnomalarini qaytarib olishni boshladi. Kompaniya bu qadamni boshqa samaraliroq dorilarning ko‘pligi bilan izohladi. Ishlab chiqaruvchi avvalroq vaksinasi juda kamdan-kam hollarda trombozga olib kelishi mumkinligini tan olgandi.
O‘zbekiston TIV Qozog‘istonga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani bois mamlakatga bormoqchi bo‘lgan fuqarolardan o‘zlari bilan barcha zarur hujjatlarni olib yurishni so‘radi. Shuningdek, Rossiyaga kirishdagi to‘siqlar Qozog‘istonda ham amal qilishini eslatdi.
O‘zDJTUning 19 yoshli talabasi Isroilning Toshkentdagi elchixonasi binosiga kerosin shishasini uloqtirib, o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi. Sud uni 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Ikkinchi jahon urushi faxriysi Muhiddin Do‘sanboyevning nabirasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Oliy ta’lim vaziri bu “prezident sovg‘asi” ekani, qiz universitetning bu yilgi ilk talabasi bo‘lganini aytdi. Video.
Qo‘shma Shtatlar Isroilga 3500 ta bomba yetkazib berishni to‘xtatdi. AQSh hukumati Isroil bombalarni G‘azo sektori janubidagi 1 milliondan ortiq falastinlik qochqinlarga boshpana bo‘layotgan Rafah shahriga hujumda qo‘llashi mumkinligidan xavotirlangan.
Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov rektorlarni saylash haqida gapirib, bu masala “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga kiritilgani va muhokamada ekanini aytdi. “Rektorlarni saylashga tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin qilsak bo‘ladi”, — dedi u.
5−8-iyun kunlari Mo‘ynoqda “Stixiya” elektron musiqa, san’at va fan festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir dasturi va ijodkorlar safi — “Gazeta.uz” materialida.
Prezident Xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi. “Bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz”, degan prezident ularning jasorati yoshlarni tarbiyalashda ibrat maktabi bo‘lishini ta’kidladi.
6-may kuni Intercontinental mehmonxonasida Yunusobod Business City yangi loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda loyihani amalga oshirish bosqichlari va yetakchi investorlar hamda ekspertlarning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi. Uni Vnukovo xalqaro aeroportida Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Prezident harbiy klinik gospitalga tashrifi chog‘ida Sirdaryo hokimiga o‘sha yerda davolanayotgan urush qatnashchilaridan biriga uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Yana bir urush faxriysi esa Shavkat Mirziyoyevni umrbod prezident qilib qo‘yishni taklif etdi. Prezident bunga javoban kulib qo‘ydi.
Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasida 3 ming nafar ishchiga talab borligi va bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi ekanini bildirdi.
O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi bo‘yicha aprel oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq aprel oylari beshligiga kirdi. Havoning o‘rtacha harorati 1−2 daraja iliq, respublika janubida esa me’yordan 3−5 daraja yuqori bo‘ldi.
O‘zbekiston OTMlarida magistratura va doktoranturaga qabul qilishda ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi. Bir qancha sohalarda esa sertifikat talabi bir pog‘ona — B1 darajasiga tushiriladi.
Davlat OTMlarida grant asosida o‘qigan talabalarning o‘qishni tugatgandan keyin 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartiriladi, sirtqi ta’lim kvotasi kunduzgi ta’limga ajratilgan miqdordan oshmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting