Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vazirini qabul qildi
10 sentabr 2024, 14:37

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Mishustin, shuningdek, prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim hamda mehnat migratsiyasi bo‘yicha suhbatlashdi.

Buxoroda o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet”ga ovoz yig‘ishga majburlagan direktor jarimaga tortildi
10 sentabr 2024, 13:57

Buxoroda o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet”ga ovoz yig‘ishga majburlagan direktor jarimaga tortildi

Buxoroning Romitan tumanidagi 18-maktabda direktor o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet” uchun ovoz yig‘ishga majburlagani aniqlandi. Unga nisbatan BHMning 100 baravari miqdorida jarima qo‘llandi.

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
10 sentabr 2024, 13:31

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi

10−13-sentabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +10…+15, kunduzi +27…+32 daraja atrofida bo‘ladi.

“Kimlargadir 13-raqam yoqmas, lekin O‘zbekistonga juda ham yoqyapti”. Bosh vazir Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlar haqida
10 sentabr 2024, 12:55

“Kimlargadir 13-raqam yoqmas, lekin O‘zbekistonga juda ham yoqyapti”. Bosh vazir Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlar haqida

Bosh vazir Abdulla Aripov Parijda tarixiy natijaga erishgan Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlarini tabriklab, ularning muvaffaqiyatida davlat rahbarining hissasini ta’kidladi. “Olimpiadada 13-o‘rin, Paralimpiadada 13-o‘rin! Balki kimlargadir 13-raqam yoqmas, lekin O‘zbekistonga juda ham yoqyapti”, — dedi u.

Toshkentda 75 ming dollar evaziga ozodlikdan mahrum qilingan shaxsning jazosini yengillashtirib berishni aytgan advokat va yurist 14 yilga qamaldi
10 sentabr 2024, 12:19

Toshkentda 75 ming dollar evaziga ozodlikdan mahrum qilingan shaxsning jazosini yengillashtirib berishni aytgan advokat va yurist 14 yilga qamaldi

Toshkentda advokat va yurist jazo muddatini o‘tayotgan shaxsning ayblovidan bir moddani olib tashlash evaziga 75 ming AQSh dollari talab qildi. Ular pulni olish vaqtida ushlandi va 14 yilga qamaldi. Advokat avval sudya bo‘lib ishlagani, yurist esa muqaddam sudlangani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston U-16 bokschilarining barchasi Osiyo chempionatida medal oldi
10 sentabr 2024, 12:13

O‘zbekiston U-16 bokschilarining barchasi Osiyo chempionatida medal oldi

BAAda o‘tgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-16 jamoasidan 23 nafar sportchi qatnashib, ularning barchasi medallarga ega chiqdi: 14 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza. 14 yoshgacha bo‘lgan bokschilar esa 10 ta medalni qo‘lga kiritdi: yarmi kumush, qolgan yarmi bronza.

Apple iPhone 16, Watch 10 va AirPods 4 taqdimotini o‘tkazdi. Asosiy ma’lumotlar
10 sentabr 2024, 12:04

Apple iPhone 16, Watch 10 va AirPods 4 taqdimotini o‘tkazdi. Asosiy ma’lumotlar

Apple kompaniyasi yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Unda iPhone 16, AirPods 4 quloqchinlari va Watch Series markali aqlli soatlarining o‘ninchi avlodi namoyish etildi. Yangi qurilmalar haqida asosiy ma’lumotlar.

Toshkentda o‘tgan qo‘shma komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari nimalarni gaplashdi?
10 sentabr 2024, 10:58

Toshkentda o‘tgan qo‘shma komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari nimalarni gaplashdi?

O‘zbekiston Rossiya bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikka doim tayyor, dedi bosh vazir Abdulla Aripov qo‘shma komissiya yig‘ilishida. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin polimerlar, fuqaro uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni tashkil etish va temiryo‘l mashinasozligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berdi.

Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi
10 sentabr 2024, 10:46

Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi

Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi. Bu borada Oliy ta’lim vazirligi va Qatarning Education above all fondi o‘rtasida memorandum imzolandi. Loyiha xarajatlarining katta qismini Qatar tomoni qoplaydi.

Toshkentda poyezd urib ketishi oqibatida 36 yoshli ayol vafot etdi
10 sentabr 2024, 10:22

Toshkentda poyezd urib ketishi oqibatida 36 yoshli ayol vafot etdi

Toshkent shahrida poyezd 36 yoshli ayolni urib ketdi. U tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etdi.

Trabzonda O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi
10 sentabr 2024, 09:41

Trabzonda O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi

Turkiyaning Trabzon shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi. Shu paytgacha bunday vakolatxona Bursa, Adana, Antaliya viloyatlarida bo‘lgan.

Qishloq xo‘jaligi vaziri sobiq o‘rinbosari 6 yilga, uning qizi 5 yilga qamaldi
10 sentabr 2024, 05:24

Qishloq xo‘jaligi vaziri sobiq o‘rinbosari 6 yilga, uning qizi 5 yilga qamaldi

Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Turayevni qariyb 10 mlrd so‘mlik 1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish ishi bo‘yicha talon-toroj qilish va mansab soxtakorligida ayblab, 6 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Uning kompaniyada ishlagan qiziga 5 yil 1 oy qamoq jazosi tayinlandi.

So‘nggi ikki oyda 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi
9 sentabr 2024, 22:29

So‘nggi ikki oyda 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi iyul va avgust oylarida qariyb 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini o‘tkazishda qonunchilik talablari buzilganini aniqladi. Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilib, noqonuniy xaridlar bekor qilindi.

Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga mukofotlar topshirildi
9 sentabr 2024, 22:10

Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga mukofotlar topshirildi

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. Musobaqa sovrindorlariga pul, mashina va uy ko‘rinishidagi “Prezident sovg‘alari” topshirildi.

Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida yuz bergan portlashda ikki kishi jarohatlandi
9 sentabr 2024, 19:34

Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida yuz bergan portlashda ikki kishi jarohatlandi

Samarqand shahrida turar joy binosining 3-qavatidagi xonadonlardan birida portlash yuz berdi va ikki nafar fuqaro jarohat bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat oqibatida yong‘in sodir bo‘lmadi. FVB surishtiruv ishlari boshlanganini aytdi, portlash sababi haqida ma’lumot yo‘q.

Jizzaxda fuqarodan tergov jarayonida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi
9 sentabr 2024, 17:53

Jizzaxda fuqarodan tergov jarayonida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi

Jizzaxda tergov jarayonlarida gumondordan qo‘shib yozish holatlarini ko‘rsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi. Qashqadaryoda esa noqonuniy ravishda qum qazib olishga ko‘z yumish evaziga pul talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi.

Samarqandda ITMF va IAF’ning yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda
9 sentabr 2024, 17:00

Samarqandda ITMF va IAF’ning yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo‘shma konferensiyasida jahon paxta sanoatidagi 50 yillik o‘zgarishlar haqida fikr yuritildi.

“Baxti Tashkentskiy”ga oid ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilmoqda
9 sentabr 2024, 16:18

“Baxti Tashkentskiy”ga oid ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilmoqda

20 yilga qamalgan “Baxti Tashkentskiy” va yana 7 sudlanuvchining advokatlari sud hukmi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Ish Toshkent shahri sudida ko‘rib chiqilmoqda. Shikoyatda, jumladan, hukmning Baxtiyor Qudratullayevni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qismini bekor qilish so‘ralyapti.

Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylanish va odil sudlovdan foydalanish huquqi belgilanmoqda
9 sentabr 2024, 15:55

Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylanish va odil sudlovdan foydalanish huquqi belgilanmoqda

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga ularning odil sudlovdan teng foydalanish, davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish, shuningdek, saylash va saylanish huquqini belgilovchi qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekistondagi qariyb 400 nafar davlat xizmatchisi bir vaqtda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi
9 sentabr 2024, 15:37

O‘zbekistondagi qariyb 400 nafar davlat xizmatchisi bir vaqtda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklaridagi 398 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi. Agentlik tomonidan qonun buzilishi holatlariga chek qo‘yildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting