Prezidentning 9-yanvardagi qarori bilan Dilshod Tursunkulovich Axmedov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Ma’lumotni “Gazeta.uz”ga ISSV tasdiqladi.

Tayinlovga qadar u 2021-yil yanvar oyidan buyon “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari — ijrochi direktor lavozimida ishlab kelgan.

Dilshod Axmedov (1972-yilda tug‘ilgan) — I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvchisi. Moskvadagi “Skolkovo” boshqaruv maktabida o‘qigan. O‘zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarishni tashkil etish hamda sanoat korxonalari aktivlarini boshqarish tajribasiga ega.