Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatiga cheklovlar o‘rnatildi. Bu haqda deya “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” tayanib, KRuz.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 9−14-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston hududida havoning keskin tushib ketishi kutilmoqda. Buning ortidan barcha AGTKSHlarga tabiiy gaz yetkazib berish belgilangan reja asosida amalga oshiriladi: soat 06:00 dan 15:00 ga qadar.

Cheklovlar iste’molchilarning tabiiy gazga bo‘lgan talabi ortishi, buning ortidan magistral gaz tarmoqlarida bosim pasayishining oldini olish maqsadida o‘rnatilgani bilan izohlandi.

4-dekabrdan Andijon viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarida gaz jadvalga muvofiq — soat 06:00 dan 15:00 gacha berila boshlagandi. Gaz bilan, birinchi navbatda, turar joy binolari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar va ijtimoiy soha obyektlari ta’minlanadi.