Avgust oyidagi keskin o‘sishdan so‘ng sentabrda aholi tomonidan sezilgan (shaxsiy) inflyatsiya pasaydi. Markaziy bank taqdim etgan infografikaga ko‘ra, ko‘rsatkich 1,2 foiz punktga — 13,3 foizgacha pasaygan.

inflyatsiya, марказий bank, sezilgan inflyatsiya

sentabr oyida yillik hisobda 9,2 foizni tashkil etgan rasmiy inflyatsiya bilan farq 4,1 foizni tashkil etdi (farq iyulda 3,8 foiz, avgustda esa 5,5 foiz bo‘lgandi).

inflyatsiya, марказий bank, sezilgan inflyatsiya

Non va un narxlarining yuqori darajada o‘sganini ko‘rsatgan respondentlar ulushi (53 foiz) keskin oshdi, avgust oyida respondentlarning atigi 14 foizi bu omilni qayd etgandi. Narxlarning o‘sishi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda go‘sht va sut — 43 foiz (avgust oyida 45 foiz edi), benzin va yoqilg‘i — 34 foiz (40 foiz), tuxum — 31 foiz (23 foiz), meva va sabzavotlar — 25 foiz (25 foiz) ko‘rsatilgan.

E’tiborlisi, non va un narxining oshishi (narx oshishining sabablari) aholining daromadi 10 mln so‘mgacha hisoblangan barcha qatlamlari uchun asosiy muammo bo‘lgan. Daromadlari 10−15 mln so‘m bo‘lganlarni ko‘proq benzin va yoqilg‘i narxining oshishi, 15 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan respondentlarni esa meva-sabzavotlar narxining oshishi tashvishlantirmoqda.

Shuningdek, non va un narxining oshishini boy uy xo‘jaliklari ham sezilgan inflyatsiyaning ikkinchi asosiy omili sifatida ko‘rsatgan.

inflyatsiya, марказий bank, sezilgan inflyatsiya

Hududlar kesimida o‘tgan oyda sezilgan inflyatsiya darajasi Toshkent shahrida — 14,8 foiz (avgust oyida 16,4 foiz edi), Buxoroda — 14,6 foiz (14,3 foiz) va Surxondaryoda — 14,4 foiz (13,6 foiz) eng yuqori bo‘ldi. Narxlarning eng kam o‘sishi Qoraqalpog‘istonda — 11,6 foiz (13,6 foiz), Navoiyda — 11,8 foiz (14 foiz), Jizzaxda — 12,1 foiz (13,6 foiz) sezildi.

inflyatsiya, марказий bank, sezilgan inflyatsiya

Inflyatsion kutilmalar bilan bo‘lgani kabi, bu safar ham Markaziy bank respondentlar bo‘yicha sezilgan inflyatsiya to‘g‘risida ma’lumot bermadi. Avgust oyida respondentlarning aksariyati (taxminan 32 foizi) narxlar 9−12 foiz va 17−20 foizga oshganini his qilgandi, ularning soni iyul oyiga nisbatan oshgandi. Inflyatsiyani 13−16 foiz, 21−25 foiz va 31 foiz va undan yuqori deb baholagan respondentlar soni ham ko‘paygandi.

Ma’lumot o‘rnida, rasmiy e’lon qilinadigan inflyatsiya darajasi ko‘p sonli uy xo‘jaliklarining talabi asosida shakllantirilgan iste’mol narxlari indeksi savatidagi barcha tovar va xizmatlar umumiy narxlari darajasidagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Shaxsiy (sezilgan) inflyatsiya shaxs yoki oilaning kundalik hayotida iste’mol qilinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishi asosida shakllanadi. Agar muntazam ravishda sotib olinadigan tovarning narxi oshsa, u kamdan-kam hollarda sotib olinadigan tovarning narxi oshganiga (batafsil o‘qing) qaraganda ko‘proq narx oshishi hissini uyg‘otadi (batafsil).