Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi so‘nggi kunlarda Rossiya va Qozog‘istonda kuzatilayotgan ob-havoning keskin sovushi oqibatida yo‘llarda yuzaga kelayotgan qator noqulayliklar sabab ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi.

Mazkur daavlatlarda yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi xabar qilinmoqda. Shu munosabat bilan, ushbu davlatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.

«Zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq agentlik Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarga internet orqali katta pul evaziga mahsulot yetkazib berish haqida berilayotgan e’lonlar yuzasidan fuqarolarni norasmiy kurerlik xizmatlariga ishonmaslikka chaqirgandi.