4 yanvar kuni Jizzax viloyatida Zafarobod tumanidagi 30-son jazoni ijro etish manzil-koloniyasidan qochgan ikki mahkum 5 yanvardan 6 yanvarga o‘tar kechasi Andijon viloyatining chegara hududlaridan birida qo‘lga olindi. Jazoni ijro etish departamentining xabariga ko‘ra, ular vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Holat yuzasidan tekshiruv tayinlandi. Ularning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Keltirilishicha, jazoni ijro etish muassasasida mahkumlar koloniya hududidagina soqchisiz, erkin yurish, ishlash, ma’muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz harakatlanishi mumkin. Belgilangan tartib buzilsa, qat’iy nazorat ostiga, ya’ni ilgari jazo muddatini o‘tagan umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalarga qaytariladi.