«Ular qishga tayyorgarlikni barbod qildi». Shavkat Mirziyoyev qator rahbarlarni tanqid qildi

Prezident videoselektor yig‘ilishida elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar davom etayotgani tanqid qildi. Xususan, Namanganda 110 tonna, Qoraqalpog‘istonda 22 tonna aholiga berilishi kerak bo‘lgan ko‘mir sotib yuborilgan.

MB asosiy stavkani 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi.

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirmadi, biroq inflyatsion xatarlar haqida ogohlantirdi

Markaziy bank ichki va tashqi iqtisodiy omillar hisobiga narxlarga bo‘lgan bosim yuqori qolayotganini qayd etdi. Shuningdek, logistika va tashish narxlarining qimmatlashuvi tovarlar va xizmatlar narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yalpi taklifdagi ayrim uzilishlar inflyatsiyani oshirishi ehtimoldan holi emas.

Avtobus haydovchilarning oylik maoshi 2 barobarga oshadi — Toshshahartransxizmat

Prezident topshirig‘iga asosan «Toshshahartransxizmat» avtobus haydovchilari 2022 yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5−6 mln so‘m miqdorida oylik maoshi olishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 milliondan oshdi

AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 mlndan oshganini ma’lum qildi. Ulardan 29,5 mln nafari mobil internet orqali tarmoqqa ulanadi. Vazir, shuningdek, xalqaro internet-kanalga ulanish tezligi so‘nggi ikki yilda 2,6 baravarga oshib, 3200 Gbit/s ga yetganini qayd etdi.

Buxoroda yuk mashinalaridan tashkil topgan to‘y korteji to‘xtatildi

Buxoro viloyatidan o‘tgan M-37 xalqaro avtomagistralida YHXB xodimlari yuk mashinalaridan iborat to‘y kortejini to‘xtatdi. Mashinalar jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Noyabr oyida O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi 41 foizga oshdi — ITIM

ITIM tahlillariga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekistonda 160 mingga yaqin avtoulov sotilib, oylik o‘sish 41%ni tashkil etdi. Hududlar kesimi bo‘yicha yuqori faollik Toshkent shahri, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida kuzatildi. Shuningdek, mahalliy avtomashinalar 58%ga, xorijiy avtomobillar sotuvi esa 69%ga o‘sdi.

Bosh prokuratura Toshkent shahar IIBBni noxolis axborot tarqatganlikda aybladi

«O‘zbekiston 24» telekanalida prokuratura xodimi hujjatlarsiz mashina boshqarib kelgani haqida lavha berildi. BP haydovchi tizimda xizmat qilmacligi va guvohnoma qalbaki ekanini aniqladi. Ma’lumot uzatgan Toshkent shahar YHXB matbuot xizmatini bir yoqlama va noxolis axborot taqdim qilganlikda ayblamoqda.

Toshkentda uchta mashina to‘qnashdi

Chilonzor tumani Novza jome masjidi qarshisida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida haydovchilardan biri jarohat oldi.

Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish maqsadida 26 dekabrdan 8 yanvargacha Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 14 ta «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

14 dekabr kuni 134 kishida kovid aniqlandi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni yana ortib, 134 nafarni tashkil etdi. Kunlik kasallanganlarning eng ko‘pi doimgidek Toshkent shahrida qayd etilmoqda.

Banklarda dollarning sotish kursi 30 so‘mga arzonlashdi

Tijorat banklari 15 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 230 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 310 so‘m.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Infografika: O‘zbekistonda yarim asr davomida qishki harorat qanchalik o‘zgardi?

Qish boshlanishi bilan butun O‘zbekiston elektr va gaz ta’minotida muammolarga duch keldi. «Gazeta.uz» O‘zgidromet tomonidan taqdim etilgan 49 yillik (1972−2021) qish oylariga oid meteorologik ma’lumotlarni tahlil qildi. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, o‘tgan yillarda qish ancha sovuq bo‘lgan.