Energetika vazirligi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda «Amirsoy»da elektr energiyasida uzilish bo‘lgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, oromgohga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilgan. Dor yo‘lining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelishi oqibatida oromgohda elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan.

«Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda ushbu nosozlik oromgoh mas’ullari tomonidan bartaraf etilib, dor yo‘li qayta ishga qo‘yilgan», — deyiladi xabarda.