«amirsoy» tegli maqolalar


Foto: O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Amirsoyda chang‘i uchdi
9 fevral 2024, 21:00

Foto: O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Amirsoyda chang‘i uchdi

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskanida bo‘ldi. Ular birgalikda chang‘i uchdi. Foto.

O‘zbekistonda ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi
18 yanvar 2024, 11:49

O‘zbekistonda ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2024-yildan har ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro “O‘zbekiston ipak matolari” moda haftaligi o‘tkaziladi. Shuningdek, “Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy”da boj olinmaydigan (“duty free”) yirik savdo komplekslari quriladi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning uchta tog‘-chang‘i kurortlari alyansga birlashdi
17 noyabr 2023, 10:33

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning uchta tog‘-chang‘i kurortlari alyansga birlashdi

“Amirsoy” (O‘zbekiston), “Shimbuloq” (Qozog‘iston) va “Rosa Xutor” (Rossiya) tog‘ kurortlari alyansga birlashdi. Ular Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada dam oluvchilar bonuslarga ega bo‘lishlari va ularni alyansning boshqa kurortlarida sarflashi mumkin bo‘lgan sport-ko‘ngilochar tadbirlar taqvimini taqdim etdi.

«Amirsoy»da elektr energiyasi o‘chishi oqibatida dor yo‘li to‘xtab qoldi
13 noyabr 2022, 18:48

«Amirsoy»da elektr energiyasi o‘chishi oqibatida dor yo‘li to‘xtab qoldi

«Amirsoy» dam olish maskanida dor yo‘li elektr energiyasi o‘chishi oqibatida to‘xtab qoldi. Energetika vazirligi holatga izoh berib, uzilishga yo‘lning elektr qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Hozirda dor yo‘li faoliyati qayta tiklangan.

28 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 dekabr 2021, 23:10

28 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Sankt-Peterburgga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev, yanvar oxirigacha faoliyati qayta tiklanadigan valyuta almashtiruvchi bankomatlar, 81 tup kesilgan daraxtning kompensatsiyasini 22 oydan so‘ng olgan Ekoqo‘mita, Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonliklar to‘la avtobus, shaxmatda jahon chempionini mag‘lub etgan Nodir Abdusattorov va boshqa jabarlar — «Gazeta.uz» ning 28 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Amirsoy tog‘-chang‘i kurortida Express yangi dor yo‘li ishga tushirildi
28 dekabr 2021, 18:55

Amirsoy tog‘-chang‘i kurortida Express yangi dor yo‘li ishga tushirildi

Amirsoy tog‘-chang‘i kurortiga eltuvchi Amirsoy Express yangi dor yo‘li foydalanishga topshirildi. 10 kishilik 74 ta gondola taxminan 10 daqiqa ichida avtomobil yo‘lidan dam olish maskaniga olib chiqadi. Foto, video va narxlar.

«Amirsoy» hududida «Diplomatlar bog‘i» tashkil etildi
13 dekabr 2021, 13:25

«Amirsoy» hududida «Diplomatlar bog‘i» tashkil etildi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va xorijiy davlatlarning elchilari «Amirsoy» hududida tashkil etilgan «Diplomatlar bog‘i»da daraxt ekishdi. Turkiya elchisi Olgan Bekar kelajakni asrab qolish uchun bu ham bir imkoniyat ekanligini ta’kidladi.

«Amirsoy» da 700 tup daraxtlar kesilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16 sentabr 2021, 11:46

«Amirsoy» da 700 tup daraxtlar kesilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bo‘stonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 1,9 mlrd so‘m etib baholanmoqda.

«Buncha katta „dux“ qayerdan paydo bo‘ldi?» — Rasul Kusherbayev «Amirsoy» da 700 tup daraxtlar kesilishi haqida
15 sentabr 2021, 13:58

«Buncha katta „dux“ qayerdan paydo bo‘ldi?» — Rasul Kusherbayev «Amirsoy» da 700 tup daraxtlar kesilishi haqida

Deputat Rasul Kusherbayev Bo‘stonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlaganini «hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini» ta’kidladi. «Shuncha gapdan keyin ham har xil baxonalar bilan daraxtkesarlik davom etmoqda. Buncha katta „dux“ qayerdan paydo bo‘ldi?», — deb yozadi deputat.

«Amirsoy» yaqinida sodir bo‘lgan ko‘chki yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi
25 mart 2021, 17:18

«Amirsoy» yaqinida sodir bo‘lgan ko‘chki yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

«Amirsoy» kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘li hududida 6 mart kunidan boshlab 10−20 smgacha surilish, 1 metrgacha cho‘kishlar davom etayotgani ma’lum qilindi. Mazkur hodisa ko‘p miqdorda qor va yomg‘ir yog‘gani, namgarchilik me’yoridan ortgani sababli yuzaga kelgani aytilmoqda.

«Amirsoy» dam olish maskani yaqinida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi
25 mart 2021, 10:53

«Amirsoy» dam olish maskani yaqinida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi

Bo‘stonliq tumani «Amirsoy» dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lning 19−20 piketida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi. Transport harakati to‘xtatilib, dam olishga bormoqchi bo‘lganlardan sihatgoh tomon harakatlanmaslik so‘ralmoqda.

Bo‘stonliq va Zominda yangi dor yo‘llari quriladi
27 noyabr 2020, 12:29

Bo‘stonliq va Zominda yangi dor yo‘llari quriladi

Bo‘stonliq va Zominda quriladigan yangi dor yo‘llari qurilishini Avstriyaning Doppelmayr kompaniyasi amalga oshirishi ma’lum bo‘ldi. Xabar berilishicha, Zominda ikkita gondol-kreslo tipidagi dor yo‘li hamda tog‘-chang‘i trassalariga xizmat ko‘rsatish uchun uchta ko‘taruvchi moslama quriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting