22 oktabr kuni soat 04:55 da Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash sodir bo‘ldi. Buni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ham tasdiqladi. Voqea oqibatida talafot ko‘rganlar va jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda avvaliga yorug‘lik paydo bo‘lgani, bir necha soniya o‘tgach esa — baland ovoz va kuchli to‘lqin tasvirlangan videolar tarqaldi. Mahalliy aholi yer silkinishiga o‘xshash holatni sezishganini aytishmoqda. Ko‘chalarda daraxtlar tebranib ketdi, oyna va eshiklar ochildi, ko‘plab xonadonlar va do‘konlarning oynalari sindi, binolarning ayrim konstruksiyalariga ham zarar yetdi.