Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umarbek Xalilov hamda rais o‘rinbosari Islombek Boqijonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «Gazeta.uz»ning ikkita manbasi xabar berdi.

Ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq voqea seshanba kuni prezident Administratsiyasida o‘tkazilgan yig‘ilishda sodir bo‘ldi. Ushbu majlis prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi mahallalarni obod qilish va «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi oldidan bo‘lib o‘tgan.

Umarbek Xalilov ushbu lavozimda 2022 yilning yanvaridan beri ishlab kelayotgandi, u biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarni olish kvotalarini berish va boshqa sohalar uchun javobgar bo‘lgan. Islombek Boqijonov esa 2020 yilning aprelidan beri mazkur lavozimda faoliyat yuritgan va maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasini ham nazorat qilgan.

Qo‘mita «Gazeta.uz» so‘roviga javoban, «hozirgi paytda aniq bir narsa deya olishmasligini» ma’lum qilishdi.