3 sentabr kuni «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lida «Lacetti» va «Nexia 2» ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Sirdaryo viloyati IIB.

Mirzaobod tumani Turg‘un Ahmedov MFY hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 22 kilometrida, «Termiz-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro (1987 yilda tug‘ulgan) boshqaruvidagi «Lacetti» yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan kelayotgan «Nexia» 2 bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida «Nexia 2» avtomobili haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.

Yana bir yo‘lovchi Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Avariya nima sababdan yuzaga kelgani esa ochiqlanmadi.