«uzsuvta’minot» tegli maqolalar


Qashqadaryoda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgan fermer 3 yilga qamaldi
19 oktabr 2023, 21:13

Qashqadaryoda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgan fermer 3 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyatida fermer 13 yil davomida noqonuniy ravishda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 282,7 mln so‘mni tashkil etdi. U 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, davlatga yetkazilgan zararni ham qoplaydi.

“O‘zsuvta’minot” va “ToshuyjoyLITI” aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish vazirligiga o‘tkazildi
31 avgust 2023, 18:04

“O‘zsuvta’minot” va “ToshuyjoyLITI” aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish vazirligiga o‘tkazildi

Prezident farmoniga ko‘ra “O‘zsuvta’minot”, “O‘zog‘irsanoatloyiha” va “ToshuyjoyLITI” AJlari aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga o‘tkazildi.

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat
27 avgust 2023, 15:25

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat

Toshkentning barcha tumanlarida 11-sentabr-13-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

O‘zbekiston hududlarida suv narxlarini oshirish boshlandi
26 iyul 2023, 10:51

O‘zbekiston hududlarida suv narxlarini oshirish boshlandi

1-avgustdan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida, 20-avgustdan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari oshiriladi.

“O‘zsuvta’minot”ga yangi rahbar tayinlandi
14 iyul 2023, 14:45

“O‘zsuvta’minot”ga yangi rahbar tayinlandi

Dilshod Azimov “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. etib tayinlandi. Avvalgi rahbar Sohib Saifnazarov prezident topshirig‘i bilan ishdan bo‘shatilgandi.

“Iste’molchilarning suvdan qarzdorligi 1,36 trln so‘mga yetdi” — “O‘zsuvta’minot”
4 may 2023, 17:33

“Iste’molchilarning suvdan qarzdorligi 1,36 trln so‘mga yetdi” — “O‘zsuvta’minot”

O‘zbekistonda suvdan qarzdorlik miqdori 1,36 trln so‘mga yetdi. Shundan 1,13 trln so‘m jismoniy, 224 mlrd so‘m yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qarzdorligi eng yuqori hududlar poytaxt, Andijon va Toshkent viloyatlari bo‘lib turibdi.

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun 200 mln yevro ajratadi
3 may 2023, 11:42

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun 200 mln yevro ajratadi

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv xizmatlarini yaxshilash uchun 200 mln yevro ajratadi. Mablag‘lar Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz shaharlarining suv tizimini rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.

Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshooti $22,2 mlnga rekonstruksiya qilinadi
29 avgust 2022, 09:53

Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshooti $22,2 mlnga rekonstruksiya qilinadi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Chirchiq shahrida oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati $22,2 mlnga teng shartnoma imzolandi. Loyiha natijasida shahar aholisining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasi 84 foizga yetkaziladi.

Poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
22 iyul 2022, 18:20

Poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

«Qodiriya» bosh suv inshootida yuzaga kelgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlik sababli poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Buxoroda suv ta’minoti uzilib qoldi
12 iyun 2022, 03:59

Buxoroda suv ta’minoti uzilib qoldi

Buxoroda markaziy quvurda ro‘y bergan nosozlik tufayli suv ta’minoti vaqtincha to‘xtab qoldi. Viloyat hokimi ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida suv o‘chirildi
11 mart 2022, 11:40

Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida suv o‘chirildi

Bo‘z-suv suv olish inshootining D-1000 tarmog‘i nosozlik tufayli o‘chirildi. Buning oqibatida Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlari vaqtincha suvsiz qoladi.

O‘zbekiston bo‘ylab svet, gaz va ichimlik suvi to‘liq tiklandi
28 yanvar 2022, 14:54

O‘zbekiston bo‘ylab svet, gaz va ichimlik suvi to‘liq tiklandi

Energetika vazirligi O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanganini xabar berdi. «Hududgazta’minot» va «O‘zsuvta’minot» ham tabiiy gaz hamda ichimlik suvi ist’emolchilarga avvalgidek yetkazib berilayotganini ma’lum qildi.

Suv hisoblagichlarini o‘rnatish xarajatlari iste’molchilar bo‘ynida qoldi
29 dekabr 2021, 21:36

Suv hisoblagichlarini o‘rnatish xarajatlari iste’molchilar bo‘ynida qoldi

Qonunchilik palatasi «Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarish to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. Deputat Rasul Kusherbayev «yangi O‘zbekistonda suv ta’minoti masalasi eskiligicha qolayotganini» aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, iste’molchi «suv hisoblagichini o‘zi sotib oladi, hisobini o‘zi yuritadi va ko‘rsatkichlarni o‘zi tekshiradi». «O‘zsuvta’minot» korxonasi rahbari Sohib Saifnazarovning aytishicha, korxona o‘z hisobidan hisoblagichlarni o‘rnatishga tayyor, ammo keyin «barcha xarajatlarni tariflarga qo‘shishga to‘g‘ri keladi».

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga noqonuniy ulanishlar davlat budjetiga 8,4 mlrd so‘m zarar yetkazgan
23 sentabr 2021, 13:58

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga noqonuniy ulanishlar davlat budjetiga 8,4 mlrd so‘m zarar yetkazgan

Yanvar-avgust oylarida ichimlik suvi ta’minoti tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlariga 2798 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan. Mazkur qonunbuzarliklar oqibatida davlat budjetiga jami 8,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Toshkent shahrida suv ta’minoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda qarzdorlik tufayli tarmoqdan uzilish holatlarining 90 foizi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Samarqandning ayrim hududlari va Navbahor tumanida suv jadval bo‘yicha yetkaziladi
9 iyun 2021, 11:15

Samarqandning ayrim hududlari va Navbahor tumanida suv jadval bo‘yicha yetkaziladi

Samarqandning ayrim mahallalari va Navoiy viloyatining Navbahor tumanida suv vaqtinchalik jadval asosida beriladi. Bu ichimlik suvi, yer osti suvlari zaxiralari kamaygani hamda suv iste’moli hajmining oshgani bilan bog‘liq.

2020-yilda 1,2 million nafardan ortiq aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi — “O‘zsuvta'minot”
28 dekabr 2020, 16:46

2020-yilda 1,2 million nafardan ortiq aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi — “O‘zsuvta'minot”

2020-yil davomida 1,2 million nafardan ziyod aholiga ilk bor ichimlik suvi yetkazildi. Bundan tashqari, avariya holatlari 2019-yilga nisbatan 16,8 mingtaga, ya’ni 12 foizga kamaygani qayd etildi.

Toshkentda oqova suvlardagi chiqindilar hajmi ortib bormoqda — «O‘zsuvta’minot»
20 noyabr 2020, 15:17

Toshkentda oqova suvlardagi chiqindilar hajmi ortib bormoqda — «O‘zsuvta’minot»

Kanalizatsiya tizimiga chiqarilgan chiqindilar hajmi yil sayin ortib bormoqda, deb xabar beradi «O‘zsuvtaminot» kompaniyasi. Shu sababli kollektor blokirovkalari va kanalizatsiya tizimidagi baxtsiz hodisalar tez-tez uchramoqda. Toshkentning oqava suvlarida oziq-ovqat qoldiqlari, butilkalar, kiyim-kechaklar, tagliklar va hattoki sanoat chiqindilari topiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting