20 iyul kuni «Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori tasdiqlandi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Qarorga ko‘ra, haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv soati haftasiga 20 soatgacha, kunlik 4 soatgacha bo‘ladi.

Haydovchilarning malakasini oshirganlik bo‘yicha sertifikatlar faqat elektron shaklda beriladi.

Amaliy imtihonlarda «V» toifasi uchun ishlab chiqarilganiga 5 yildan ko‘p bo‘lmagan, boshqa toifalar uchun 10 yildan ortiq bo‘lmagan transportlardan foydalaniladi.

O‘quv dasturlarini Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam bo‘lmagan miqdorda tasdiqlanadi.

Shuningdek, ushbu qaror bilan yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini qayta tiklash uchun nazariy va amaliy imtihondan o‘tish talabi bekor qilinmoqda.