Rossiya 14 iyundan boshlab O‘zbekiston fuqarolarining temir yo‘l orqali kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda. Ushbu qaror Rossiya koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtab tomonidan qabul qilindi, deb qayd etilgan RF hukumati veb-sahifasida.

«14 iyundan boshlab haftada bir marta „Toshkent — Samara“ va „Toshkent — Volgograd“ yo‘nalishlarida temir yo‘l aloqasini qayta tiklash haqida qaror qabul qilindi», — deyiladi xabarda.

Xuddi shu kundan boshlab Rossiya 2020 yil martidan joriy qilingan havo va dengiz punktlari orqali kelgan chet el fuqarolarining kirishiga epidemiologik cheklovlarni olib tashlaydi.

O‘tgan yilning aprel oyida Rossiya O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni qayta tiklab, O‘zbekistondan bo‘lgan talabalarga o‘qishlarini davom ettirishlari uchun mamlakatga qaytib kelishiga, kuzda esa qurilish va agrosanoat majmuasi sohalarida ishlash uchun (ro‘yxat bo‘yicha) kelgan shaxslarga ruxsat berilgandi.

O‘tgan yilning yozida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda Rossiya tomoniga davlatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va yo‘lovchi temir yo‘l xizmatini bosqichma-bosqich qayta tiklash taklifini bildirgandi.