O‘zbekistonda fevral oyining oxiridan beri printerlar uchun A4 formatidagi oq qog‘ozning o‘rtacha narxi taxminan ikki baravarga qimmatlashdi. Bu haqda ushbu mahsulotlar importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Kansler kompaniyasining ma’lum qilishicha, fevral oyida Svetogorsk sellyuloza-qog‘oz zavodida (International Paper) ishlab chiqariladigan SvetoCopy qog‘ozi 500 varaqli o‘ram uchun 47,9 ming so‘mdan, 6 aprel holatiga ko‘ra 97,6 ming so‘mdan sotilgan (keyinchalik narxi 82,4 ming so‘mgacha pasaygan).

«OLX» portalida narxlar 70 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha bo‘lgan bo‘lsa-da, «Gazeta.uz» 15 fevral kuni qog‘ozni 36 900 so‘mga xarid qilgan edi.

Signum rahbari Abdurahim Usmonov ham narxlarning oshishini Rossiyadagi vaziyat bilan bog‘ladi. «Agar siz Rossiyadagi vaziyatga nazar tashlasangiz, sabablarini allaqachon tushunasiz. Biz qog‘oz import qilamiz. Narxlar keskin ko‘tarildi — 50−60 foizga. Bu haqiqatan ham Rossiyadagi narxlarning oshishi bilan bog‘liq», — dedi u.

Tadbirkorning aytishicha, ofis qog‘ozlari narxi oshgani sababli savdo hajmi ham kamaygan. «Odamlar narxi oshgani uchun kamroq xarid qilmoqda. Savdoning pasayishi taxminan 40−50 foizni tashkil etadi», — deya ta’kidladi u.

Rossiya tomoniga tayanib, u narxlarning oshishi vaqtinchalik hodisa ekanini aytdi.

«Bizga Rossiyadan narxlar hali tushishini aytishgan. Boshqa mamlakatlardan sotib olish biz uchun befoyda, sifati ham mos emas. Xitoy, Turkiya va Tailand qog‘oz eksport qiladi, ammo Rossiya ularni bozorimizga „qo‘ymaydi“, chunki u raqobatbardosh, arzonroq narxni taklif qiladi. Siz hozir yetkazib beruvchini o‘zgartira olmaysiz, chunki sotib olganingizdan keyin Rossiya narxni pasaytirishi mumkin, buning natijasida xonavayron bo‘lishingiz mumkin», — deb tushuntirdi Signum vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda qog‘ozning chakana narxlari Rossiyaning o‘ziga nisbatan past. Masalan, «Ozon» saytida oq rangli SvetoCopy qog‘ozi 899 rubl (Markaziy bankning 12 apreldagi kursi bo‘yicha 121,6 ming so‘m) turadi.


Foto: Shuhrat Latipov / Gazeta.uz

Deskform direktori Gulnora Islomovaning aytishicha, ularning kompaniyasi ham Svetogorsk sellyuloza-qog‘oz fabrikasining SvetoCopy qog‘ozi narxining oshishi muammosiga duch kelgan.

«O‘zimizda qog‘oz ishlab chiqarilmaydi, u Rossiya va Xitoydan keltiriladi. Bir oy avval qog‘ozning chakana narxi 42−45 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, hozir 75 ming so‘mga yetdi», — deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan kelayotgan qog‘ozning navbatdagi partiyasi sarg‘ish (oqartilmagan) bo‘lishi kutilmoqda.

«Chunki ularda hozir oqartirish muammosi bor. Ular Finlyandiya tomonidan oqartirgich bilan ta’minlangan va sanksiyalar munosabati bilan finlar hozir hech narsa yetkazib berishmayapti… Ayni paytda ularda oq qog‘oz yo‘q», — dedi u.

Gulnora Islomova ham narxlar oshishi xaridorlar talabining pasayishiga olib kelganini tasdiqladi.

«Sotish, albatta, kamaydi, chunki qog‘oz qimmatlashdi. Hajmlar 20−30 foizga tushib ketdi. Hozir biz boshqa yetkazib beruvchilarni ko‘rib chiqyapmiz», — dedi u.

O‘zbekiston qog‘ozni qayerdan import qiladi?

Mahsulot
yanvar-dekabr
2021 y.
yanvar-fevral
2022 y.
tonna
ming. doll.
tonna
ming. doll.





Jami:
231 065,0
300 696,1
40 207,5
53 928,4
Rulon yoki varaqlardagi gazeta qog‘ozi
7 788,5
3 974,6
2 420,6
1 713,0
Yozuv, chop etish yoki boshqa grafik maqsadlarda qo‘llaniladigan mellanmagan qog‘oz va karton, shuningdek, har qanday o‘lchamdagi rulon yoki to‘rtburchak (shuningdek kvadrat) varaqlardagi teshilmagan kartochkalar va teshilmagan qog‘oz lentalar, tovar pozitsiyasidagi qog‘ozdan tashqari
59 466,3
58 005,2
7 226,4
7 640,0
Hojatxona qog‘ozi yoki yuz uchun salfetkalar, xo‘jalik-maishiy yoki sanitar-gigiyenik maqsadlarga mo‘ljallangan sochiqlar va boshqa qog‘ozlar, sellyuloza vatasi va sellyuloza tolalari, kreplangan yoki kreplanmagan, gofrirovka qilingan yoki qilinmagan
843,5
1 020,6
107,9
161,4
Mellanmagan kraft qog‘oz va karton, 4802 yoki 4803-pozitsiyadagilardan tashqari bo‘lgan rulon yoki varaqlar
21 675,8
17 073,0
3 533,4
3 253,1
Ushbu guruh uchun 3-izohda ko‘rsatilganidek, qo‘shimcha ishlov berilmagan yoki tayyorlanmagan rulon yoki varaqlardagi boshqa mellanmagan qog‘oz va karton
41 645,4
31 649,6
6 460,7
6 142,1
O‘simlik pergamenti, yog‘ o‘tkazmaydigan qog‘oz, kalka va pergamin hamda sayqallangan shaffof yoki yarim shaffof qog‘ozlar, rulon yoki listlarda
490,7
838,4
96,5
153,0
Ko‘p qatlamli (qog‘oz yoki kartonning tekis qatlamlari yopishtirilgan) sirt qoplamasi yoki mustahkamlangan yoki mustahkamlanmagan rulon yoki varaqlardagi qog‘oz
288,8
135,8
36,6
14,2
Gofrirovka qilingan (silliq tashqi varaqlar bilan qoplangan yoki qoplanmagan), kreplangan, bo‘rttirma yoki teshilgan, rulon yoki varaqlardagi qog‘oz va karton, 4803-pozitsiyadagilardan tashqari
492,3
890,0
97,2
237,3
Nusxalaydigan, o‘z-o‘zini nusxalaydigan va boshqa nusxalaydigan yoki nusxa ko‘chiriladigan qog‘oz (jumladan, nusxa ko‘chirish uskunalari trafaretlari yoki ofset plastinalari uchun qoplangan yoki qoplanmagan qog‘ozlar), bosilgan yoki bosilmagan, rulonlarda yoki listlarda.
86,5
206,5
54,2
120,6
Bir yoki ikki tomoni kaolin (xitoy loyi) yoki boshqa noorganik moddalar bilan qoplangan, bog‘lovchi bilan yoki bog‘lovchisiz, boshqa qoplamasiz, bo‘yalgan yoki bo‘yalmagan qog‘oz va karton
45 588,0
44 963,7
11 119,0
12 492,8
Sellyuloza vatkalari va tolalaridan tayyorlangan, qoplangan, laminatlangan, yuzasi bo‘yalgan yoki bezatilgan rulonlardagi yoki har qanday o‘lchamdagi to‘rtburchaklar (shu jumladan kvadrat) varaqlardagi qog‘oz va karton
22 637,5
51 880,5
5 022,7
9 756,6
Qog‘oz massasidan tayyorlangan filtr bloklari, plitalar
53,3
292,6
7,1
39,8
O‘lchamiga qarab kesilgan yoki kesilmagan, kitoblar yoki naychalar shaklidagi papiros qog‘ozi
801,6
4 285,6
129,5
810,4
Gulqog‘oz va shunga o‘xshash devor qoplamalari; derazalar uchun shaffof qog‘oz
16 138,8
54 524,0
2 020,4
6 800,2
Nusxalash, o‘z-o‘zidan nusxa ko‘chirish qog‘ozi va boshqa ko‘chirish qog‘ozi (4809-pozitsiyadagi qog‘ozdan tashqari), nusxa ko‘chirish uchun trafaretlar va ofset plitalar, qadoqlangan yoki qadoqlanmagan qutilarda
61,9
204,3
4,2
28,0
Qog‘oz yoki kartondan yasalgan konvertlar, xat kartalari, oddiy otkritkalar va yozishma kartalari; qog‘oz yoki karton qutilar, sumkalar, qutilar va to‘plamlar, qog‘oz ish yuritish buyumlari to‘plamlari
33,2
116,8
12,6
42,3
Hojatxona qog‘ozi va shunga o‘xshash qog‘ozlar, sellyuloza vatkasi yoki maishiy yoki sanitariya maqsadlarida foydalaniladigan sellyuloza tolalari to‘rlari, kengligi 36 sm dan oshmaydigan yoki o‘lchami yoki shakli bo‘yicha kesilgan rulonlardagi ro‘molcha, kosmetika uchun qog‘oz;
1 134,9
1 949,3
151,9
286,1
Qog‘oz, karton, sellyuloza vatkalari yoki sellyuloza tolalaridan tayyorlangan kartonlar, qutilar, sumkalar, paketlar va boshqa qadoqlash idishlari; ofislarda ishlatiladigan qog‘oz yoki kartondan fayl qutilari, xat idishlari va shunga o‘xshash buyumlar
7 682,7
18 718,6
946,8
3 122,6
Reyestrlar, buxgalteriya daftarlari, boshqa daftarlar, buyurtma daftarlari, kvitansiyalar daftarlari, xatlar uchun bloknotlar, eslatmalar, kundaliklar va shunga o‘xshash maqolalar uchun daftarlar, tozalash qog‘ozi olinadigan bloknotlar
1 226,9
5 894,9
312,9
340,0
Barcha turdagi yorliqlar, bosilgan yoki chop etilmagan qog‘oz yoki karton
1 402,3
1 612,2
233,1
430,0
Qog‘oz massasi, qog‘oz yoki kartondan tayyorlangan bobinalar, g‘altaklar va shunga o‘xshash ushlagichlar (teshilgan yoki teshilmagan, mustahkamlangan yoki mustahkamlanmagan)
360,2
517,2
39,5
68,8
Boshqa qog‘oz, karton, sellyuloza vatkalari va o‘lchami yoki shakli bo‘yicha kesilgan sellyuloza tolalari; qog‘oz massasi, qog‘oz, karton, sellyuloza vatkalari yoki sellyuloza tolalaridan tayyorlangan boshqa buyumlar
1 166,1
1 942,8
174,0
276,0

Davlat statistika qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, 2021 yilda O‘zbekiston 300,7 mln dollarlik 231 ming tonna qog‘oz va karton import qilgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-fevral oylarida bu 53,9 mln dollarlik 40 ming tonna qog‘oz va kartonni tashqil qilmoqda.

O‘tgan yili Rossiya importning 54 foizni, qiymat jihatidan — 49 foizini tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarni Xitoy — 29 ming tonna — 43,8 mln dollar, Finlyandiya — 29,6 ming tonna — 28,1 mln dollar, Ukraina — 16,3 ming tonna — 22,7 mln dollar bilan egallab turibdi.

O‘zbekistonga qog‘oz va karton yetkazib beruvchi Top-10 davlatlar

Davlatlar
yanvar-dekabr
2021 g.
yanvar-fevral
2022 g.
tonna
ming. doll.
tonna
ming. doll.





Qog‘oz va karton; qog‘oz xamiri, qog‘oz yoki kartondan tayyorlangan buyumlar
231 065,0
300 696,1
40 207,5
53 928,4
Rossiya
124 848,5
149 076,3
22 057,7
27 517,7
Xitoy29 092,7
43 841,5
5 960,1
8 695,7
Finlyandiya
29 606,5
28 130,4
3 297,3
3 420,2
Ukraina
16 360,3
22 739,2
1 808,9
2 935,9
Germaniya
6 805,9
15 637,2
2 185,7
3 325,0
Turkiya
4 959,1
8 250,7
552,3
1 285,2
Belarus
3 056,8
4 906,3
1 893,0
2 367,8
Shvetsiya
3 287,0
3 688,2
660,1
896,3
Avstriya
1 647,3
3 271,4
132,0
413,7
Italiya
730,5
2 685,0
61,3
256,9
Boshqa davlatlar
10 659,0
14 421,4
1 599,1
2 814,0

Yozuv va bosma qog‘ozning ulushi 58 mln dollarga yaqin 59,4 ming tonnalik mahsulotga to‘g‘ri keladi. Bunda mamlakatlar ulushi ko‘rsatilmagan, biroq «Gazeta.uz» suhbatlashgan uch tadbirkor ham Rossiyadan qog‘oz olib kelayotganini ma’lum qildi.

Nima uchun Rossiyada narxlar ko‘tarildi?

Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiyada ofis qog‘ozining o‘rtacha narxi kamida uch barobar oshdi. Agar 24 fevralgacha 500 varaqdan iborat paketni 250−280 rublga sotib olish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 21 martda — 799 rubl va undan ko‘p (sharhlarda ular 1000−1300 rubl narxlari haqida xabar berishgan), deb yozadi VC.

7 mart kuni Amerikaning Sylvamo kompaniyasi (SvetoCopy brendi) Svetogorskdagi zavod ishini to‘xtatdi. Kompaniya mamlakatda biznesni sotish yoki alohida kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni ko‘rib chiqa boshladi.

Foto: vc.ru.

Xalqaro Mondi kompaniyasi («Snegurochka» savdo belgisi) 10 mart kuni Siktivkardagi qog‘oz fabrikasi «kimyoviy moddalar, ehtiyot qismlar va boshqa muhim materiallar importi» bo‘yicha cheklovlarga duch kelganini ma’lum qildi.

«Gorshkov» kanselyariya tovarlari yetkazib beruvchisining Ural federal okrugi va Sibirdagi vakilining E1.ru nashriga ma’lum qilishicha, qog‘oz ishlab chiqaruvchi zavod oqartiruvchi vositasisiz qolgan. Biroq uni tayyorlash uchun xom ashyo mavjud.

Rossiya yog‘och ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar ittifoqi vitse-prezidenti Andrey Frolov 17 mart kuni RIA Novosti bilan suhbatda ofis qog‘ozlari taqchil bo‘lmasligi, uning narxi uch barobarga oshishi haqidagi ma’lumotlar soxta ekanligini aytdi. Unga ko‘ra, faqat Svetogorskdagi zavod ishni to‘xtatgan.

«Bundan tashqari, Finlyandiya va Avstriyaning qator kompaniyalari ofis qog‘ozlarini import qilishni to‘xtatgan. Ammo qolganlar, jumladan Janubiy Afrikaning Mondi Bussines kompaniyasi avvalgidek ishlamoqda. Albatta, vaziyat ularda ham oson emas, lekin umid bor. Ofis qog‘ozlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalarning 40 foizini O‘zbekistonda sotib olganimizning o‘zini aytish ham kifoya. Agar ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar narxlarni oshirishni boshlasa, logistika muammolari yomonlashsa, ofis qog‘ozi narxi keskin oshadi. Ammo ularni 300 foizga oshirish, menimcha, bu juda ko‘p», — dedi u.

Mart oyining oxirida Arxangelsk sellyuloza va qog‘oz fabrikasi natriy xloratni yetkazib berishda sanksiyalar bilan bog‘liq uzilishlarga uchradi, ularsiz yozuv qog‘ozi kulrang-jigarrang tusda bo‘ladi.

Reagenning asosiy yetkazib beruvchisi Finlyandiya bo‘lib, u 1 martdan boshlab Rossiya va Belarusga yetkazib berishni to‘xtatdi. Rossiya Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya 20 mln dollardan ortiq 35,8 ming tonna reagent olgan.

SvetoCopy ECO`ni oddiy qog‘oz bilan solishtirish. Manba: Ozon

Svetogorsk Markaziy dizayn byurosi import o‘rnini bosuvchi qog‘oz partiyasini taqdim etdi — yarim oqartirilgan pulpadan: oq o‘rniga qaymoqrang. U SvetoCopy ECO deb nomlandi.

«Deyarli bir hafta ichida biz oqartirilmagan ofis va ofset qog‘ozlarining turli navlari va turlarini, jumladan, yangi SvetoSopy ECO ofis qog‘ozini o‘z ichiga olgan mahsulotni ishlab chiqdik va ishlab chiqarishga tayyorladik. Uni tayyorlashda kimyoviy moddalar ishlatilmaydi», — deyiladi xabarda.

Aprel oyi boshida Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov Rossiya zavodlari mamlakatdagi qog‘oz taqchilligi bilan bog‘liq muammoni hal qilishga qodirligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Svetogorsk zavodi bozorning 40 foizini egallaydi, shuning uchun uning tovarlari taqchilligi juda sezilarli bo‘lib chiqdi. Kompaniya hozirda Rossiya, Hindiston va Xitoyda boshqa kimyoviy yetkazib beruvchilarni topdi.

Viktor Yevtuxov vaziyat normallashayotganiga ishontirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada yangi qog‘oz taqchilligi bo‘lmaydi. Zavod buyurtmalarning deyarli 80 foizini bajarmoqda.

Qaymoqrang SvetoCopy ECO qog‘ozi allaqachon Ozon`da 643 rublda (84,4 ming so‘m) paydo bo‘lgan. Mahsulot tavsifida 60% tabiiy oqlikka ega ekanligi ta’kidlangan, klassik SvetoCopy`da bu ko‘rsatkich 96 foizni tashkil qiladi.