«narx-navo» tegli maqolalar


Prezident: «Narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li — bozorda taklifni ko‘paytirish»
11 may 2022, 16:35

Prezident: «Narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li — bozorda taklifni ko‘paytirish»

Shavkat Mirziyoyev jahon bozorida oziq-ovqat narxi kun sayin ortib borayotgani, jumladan, bug‘doy narxi yil boshidan beri 30 foizga qimmatlashganini aytdi. «Narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li bu — bozorda taklifni ko‘paytirish hisoblanadi», — dedi u. Qolaversa, «O‘zdonmahsulot» tarkibidagi 43 ta don korxonasi xarajatlari yuqoriligi, biroq rentabelligi 2 baravar pastligi tanqid qilindi.

O‘zbekistonda oq qog‘oz narxi keskin qimmatlashdi. Sabab — Rossiyada narxlarning oshishi
13 aprel 2022, 12:17

O‘zbekistonda oq qog‘oz narxi keskin qimmatlashdi. Sabab — Rossiyada narxlarning oshishi

O‘zbekistonda oq qog‘oz narxi o‘rtacha 2 barobarga oshdi. Bu Rossiya zavodlaridagi oqartirgich importi bilan bog‘liq cheklovlar tufayli qog‘oz narxining oshishi fonida sodir bo‘lmoqda. O‘zbekistonda qog‘oz va karton importining deyarli yarmi Rossiya korxonalariga to‘g‘ri keladi.

UzAuto Motors yangi Chevrolet Equinox narxlarini ma’lum qildi
30 dekabr 2021, 17:24

UzAuto Motors yangi Chevrolet Equinox narxlarini ma’lum qildi

UzAuto Motors Chevrolet Equinox 2022 yilgi modelining narxni 250 mln so‘mdan 391 mln so‘mgacha etib belgiladi. Kompaniyaning ishontirishicha, yangi Equinox avtomobilining afzalligi uning gibrid tizimi hisoblanadi.

«O‘zbekneftgaz» shoxobchalarida «AI-80» benzini 6500 so‘mgacha arzonlashtirildi
17 dekabr 2021, 10:30

«O‘zbekneftgaz» shoxobchalarida «AI-80» benzini 6500 so‘mgacha arzonlashtirildi

Juma kunidan «O‘zbekneftgaz» kompaniyasiga qarashli respublikadagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida «AI-80» markali benzin narxi 6500 so‘mgacha arzonlashtirildi.

«Narx-navoni barqaror ushlab turish, bu — tadbirkorlarga past narxlarda sottirish, degani emas» — prezident
8 iyun 2021, 18:13

«Narx-navoni barqaror ushlab turish, bu — tadbirkorlarga past narxlarda sottirish, degani emas» — prezident

Shavkat Mirziyoyev go‘shtning qimmatlashishi fonida narxlarni barqarorlashtirish tadbirkorlarni arzon narxda sotishga majbur qilishni anglatmasligini aytdi. Prezident bozorda taklif ortishi uchun sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib, parrandachilik korxonalarining foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari 50 foizga kamaytiriladi.

«Yaqin orada uylarning narxi 1 kv. m. uchun 1500 dollardan kam bo‘lmasligini prognoz qilganmiz» — Ortiqxo‘jayev
23 dekabr 2020, 19:04

«Yaqin orada uylarning narxi 1 kv. m. uchun 1500 dollardan kam bo‘lmasligini prognoz qilganmiz» — Ortiqxo‘jayev

Toshkentda qurilish bo‘yicha yirik loyihalar «ko‘p qavatli uylar narxlari oshishining oldini olish uchun kerak», deya ta’kidladi Jahongir Ortiqxo‘jayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2,5−3 yil avval uylarning narxi 1 kv. metri uchun 1500 dollardan kam bo‘lmasligi prognoz qilingan. «Agar Toshkent shahrida qurilishni to‘xtatib qo‘ysak, narxlar keskin oshishi kuzatilardi», — dedi hokim.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting