O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mart kuni Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, gimnastika maktabi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan umumta’lim davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi va o‘z faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi.

Gimnastika maktabi o‘quvchilarining umumiy kontingenti jami 165 nafarni tashkil etib, ular 1−11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi. Bunda gimnastika maktabi o‘quvchilarini umumta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshiriladi.

Shu bilar birga, gimnastika maktabi o‘quvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi hamda o‘quvchilar to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Qarorda tegishli vazirlik va tashkilotlarga 1 avgustga qadar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sarako‘l ko‘chasi, 24 m-uy manzilida joylashgan 175-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tutash hududda zamonaviy gimnastika maktabi tashkil etilishi va jihozlanishini ta’minlash topshirildi. Buning uchun Davlat budjetidan jami 25 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Qurilish vazirligiga esa maktabni innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatish vazifasi yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning avgust oyida prezident Olimpiada o‘yinlari ishtirokchilari uchrashuvida Oksana Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish va ularning faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq bergandi.

oktabr oyida esa Oksana Chusovitina sport ta’limi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun Chusa sport team mas’uliyati cheklangan jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazdi. U «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida murabbiy bo‘lmasligini ma’lum qildi. «Men O‘zbekistonda bolalar va yoshlar sportini rivojlantirmoqchiman va shu yo‘nalishda harakat qilaman, aynan sog‘lom millatni shakllantirish uchun», — degan edi Oksana Chusovitina.

Prezidentning 14 martdagi boshqa bir qarori bilan Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etiladi.