Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yangihayot tumanida joylashgan «Do‘stlik» mahallasiga tashrifi davomida ko‘p qavatli uyning devoriga chizilgan «Do‘stlik ramzi» muraliga e’tibor qaratdi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.

«Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar? Bu mural ham odamning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi», — degan Shavkat Mirziyoyev.


Shavkat Mirziyoyev mas’ullardan bu kabi murallar qachondan boshlanganini so‘ragan. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bu turdagi devoriy murallar 2021 yilning bahoridan chizila boshlanganini ta’kidlagan. «Do‘stlik ramzi» muralining mualifi esa Hasan Maycheyevligi aytilgan.

Graffiti, posterlar, murallar, teglar, asfaltdagi rasmlar — bularning barchasi strit-art, shahar ko‘chalaridagi san’at hisoblanadi. Tasvirlar asosan biror muammoli mavzuni keng omma oldida targ‘ib qilish uchun yashirin tarzda chiziladi. Strit-art qanday kelib chiqqan, uning yo‘nalishlari, mashhur «ko‘cha rassomlari» haqida «Strit-art — san’atmi yoki vandalizm?» nomli maqolada hikoya qilgan edik.