Markaziy Osiyo elektr tizimidagi ayrim texnik nosozliklar tufayli O‘zbekistondan mamlakatga import qilinadigan elektr energiyasi uzilib qoldi, deya xabar qildi Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) elektr energetakasi kompaniyasi.

Xabarda qayd etilishicha, DABS texnik guruhi Turkmaniston elektr energiyasini birinchi marta Kobulga ulashga muvaffaq bo‘lgan.

«Sputnik Afganistan» xabariga ko‘ra, hozirda hukumat ichki iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash ustida ish olib bormoqda, eksport vaziyat hal bo‘lishi bilan qayta tiklanadi.

Ma’lumot uchun, 25 yanvar kuni Qozog‘iston hududida sodir bo‘lgan avariya butun Markaziy Osiyo energotizimiga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning ko‘plab hududlari eletr ta’minotisiz qoldi.

Ayni paytda O‘zbekistonda elektr energiyasi qisman qayta tiklangan.