OTBning Xovos tumaniga suv ta’minoti uchun ajratilgan 7 mln dollardan ortiq mablag‘lari talon-toroj qilingan

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev Osiyo taraqqiyot bankining Xovos tumanining 126 ming aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan 7 mln dollardan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilinganini ma’lum qildi.

Olmaliqdagi oltin koni zaxiralari 5000 tonnadan oshadi — prezident

«Muruntov» konidagi oltin zaxiralari 3 ming tonnaga yetmasa, Olmaliqdagi «Yoshlik-1» konida — 5 ming tonnadan ko‘proq, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. «Biz shunchalik yer osti boyliklarimiz borligini bilmagan edik. Sizlar bilmaysizlar qanchalar boy odam ekanligingizni, qanday yer osti boyliklari ustida yashayotganingizni», — dedi davlat rahbari

Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi

Transport vazirligi Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. Konsepsiya birinchi o‘rinda piyodalar, keyingi o‘rinlarda velotransport, shahar jamoat transporti va shaxsiy avtotransport uchun qulay infratuzilmani yaratishni ko‘zda tutadi.

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

O‘zbekistonda yagona besh yulduzli Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi. 3,1 gektarda joylashgan 8 qavatli mehmonxonada jami 300 ta standart, lyuks va yarim lyuks xonalar, konferensiya va banket zallari mavjud. Savdo barcha uchun ochiq bo‘lishi aytilmoqda.

O‘zbekistonda 11 oy davomida 1 mln tonnadan ziyod benzin ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda yanvar-noyabr oylarida 1 mln tonnadan ziyod benzin ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 10 oy ichida 110,2 mln dollarlik 300 mln litrdan ortiq benzin import qilingan.

Yangi yil bayrami kunlari o‘zbekistonliklar 18 ta davlatga uchishi mumkin

Transport vazirligi hozirda 18 ta xorijiy mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangani, haftasiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha 144 ta parvoz amalga oshirilayotgganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 2021 yilda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni 3 barobarga oshdi

2021 yilda O‘zbekistonda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni 3, mahsulotlar eksporti esa 1,9 barobarga ortdi. Shuningdek, 20dan ortiq turdagi harbiy va ikki maqsadda qo‘llaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

To‘rtta tumanda hokimlar almashdi

Buxoro viloyatining Romitan, Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Oqdaryo hamda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi.

Deklaratsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin 3 oy muhlat beriladi — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari farmonida tizimni 2022 yil 1 yanvaridan joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan bo‘lsa ham, katta ehtimol bilan, yil oxirigacha qabul qilinmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim baribir yangi yildan ishga tushiriladi va davlat xizmatchilariga deklaratsiyalarni tayyorlash uchun aprelgacha vaqt berish rejalashtirilgan.

Toshkentdagi Matbuot uyi sotilmaydigan bo‘ldi

Poytaxtdagi Matbuot uyi («Gazeta korpusi») binosi sotuvdan olindi va u OAV, shu jumladan bosma nashrlar ixtiyorida qoldirilishi ma’lum qilindi. Bino O‘zA balansiga o‘tkazilishi mumkin. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning so‘zlari ko‘ra, ushbu masala davlat rahbarining nazoratida turibdi.

Yosh tadbirkorlarga 540 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

2022−2024 yillarda maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarga 540 mln so‘mgacha kredit beriladi. Kredit foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida, 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.

Antimonopoliya qo‘mitasi Ramella krem pastasi ishlab chiqaruvchisini Nutella dizayni bilan o‘xshashliklarni bartaraf qilishga chaqirdi

Shokolad pastasini ishlab chiqaruvchi Ramella kompaniyasiga iste’molchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq qonun buzilishini bartaraf etish haqida majburiyat yuklatildi. Italiyaning «FERRERO S.p.A.» kompaniyasi tomonidan tarqalgan Nutella shokoladining mashhur brendi dizayni Ramella mahsulotining qadoqlarida ham aks ettirilgan.