«deklaratsiya» tegli maqolalar


100 mln so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan chetga olib chiqishga ruxsat berildi
31 oktabr 2023, 19:07

100 mln so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan chetga olib chiqishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga qiymati 100 mln so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan olib chiqishga ruxsat berildi. Shuningdek, YATTlar o‘z zargarlik buyumlarini deklaratsiyani to‘ldirgan holda ma’lumotlarni TSOYAEATga kiritmasdan chetga sotish uchun olib chiqishlari mumkin.

Davlat xizmatchilarining daromadini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi atrofida nimalar bo‘lmoqda?
24 yanvar 2023, 17:41

Davlat xizmatchilarining daromadini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi atrofida nimalar bo‘lmoqda?

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimi 2022 yil 1 yanvardan ishga tushishi kerak edi, biroq qonun haligacha qabul qilinmadi. Noyabrda qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun berilgan, lekin hukumat hujjatni haligacha parlamentga taqdim etmadi.

OAV: Qirg‘iziston prezidentining garderobi narxi uning yillik daromadidan 2,5 baravar qimmatroq
4 yanvar 2023, 22:17

OAV: Qirg‘iziston prezidentining garderobi narxi uning yillik daromadidan 2,5 baravar qimmatroq

2022 yilda jamoatchilik Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov garderobidagi deyarli 2,5 mln somlik (qariyb $29,2 ming) yoki uning yillik daromadining 2,5 barobariga teng kiyimlariga e’tibor qaratdi. Misol uchun, o‘tgan yilning oktabrida prezident $15,3 minglik italyan kurtkasida ko‘rinish berdi.

Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiya qiluvchi tizim tayyor, qonunni qabul qilish qoldi — Akmal Burxonov
5 avgust 2022, 16:52

Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiya qiluvchi tizim tayyor, qonunni qabul qilish qoldi — Akmal Burxonov

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilishga oid tizim va qonun loyihasi allaqachon tayyor, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. U keyinroq qonun loyihasi xalqaro tashkilotlar e’tirozi tufayli takomillashtirilayotganini aytdi. Prezident farmoniga muvofiq, tizim 1 yanvardayoq ishga tushishi kerak edi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida deklaratsiya va 18 ta hujjat imzolandi
21 iyun 2022, 21:19

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida deklaratsiya va 18 ta hujjat imzolandi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida 18 ta hujjat imzolandi.

22 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
22 dekabr 2021, 22:00

22 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Zaxirasi 5 ming tonnadan ortiq Olmaliqdagi oltin koni, Xovosda 7 mln dollari talon-toroj qilingan OTB, 540 mln so‘mgacha imtiyozli kredit olish imkoniga ega bo‘lgan yosh tadbirkorlar, sotuvga qo‘yilgan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi, hokimlari almashgan tumanlar, yo‘l-transport infratuzilmasi ishlab chiqilayotgan Toshkent va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 22 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Deklaratsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin 3 oy muhlat beriladi — Akmal Burxonov
22 dekabr 2021, 17:39

Deklaratsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin 3 oy muhlat beriladi — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari farmonida tizimni 2022 yil 1 yanvaridan joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan bo‘lsa ham, katta ehtimol bilan, yil oxirigacha qabul qilinmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim baribir yangi yildan ishga tushiriladi va davlat xizmatchilariga deklaratsiyalarni tayyorlash uchun aprelgacha vaqt berish rejalashtirilgan.

Davlat xizmatchilari daromadlari deklaratsiyasi 1 yanvardan joriy etiladi
7 iyul 2021, 10:12

Davlat xizmatchilari daromadlari deklaratsiyasi 1 yanvardan joriy etiladi

2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Ularga xorijda bank hisobraqamlarini ochish taqiqlanadi. Manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish va oldini olish bo‘yicha chora ko‘rmaganlik uchun javobgarlik joriy qilinadi.

«Ota-onalarini kiritsak ham, davlat xizmatchilari „tirqish“ topadi». Akmal Burxonov — deklaratsiyalash tizimi haqida
3 iyul 2021, 08:24

«Ota-onalarini kiritsak ham, davlat xizmatchilari „tirqish“ topadi». Akmal Burxonov — deklaratsiyalash tizimi haqida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov daromad va mol-mulklarni majburiy deklaratsiya qilish tizimi nima uchun davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan farzandlarini qamrab olish bilan cheklanayotgani, boshqa qarindoshlari hozircha hisobga olinmayotganiga izoh berdi. U tizim nima sababdan davlat xizmatchilarining xarajatlarini hisobga olmasligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Soliq xizmati xodimlari daromadlarini majburiy deklaratsiya qilishlari mumkin
7 may 2021, 09:25

Soliq xizmati xodimlari daromadlarini majburiy deklaratsiya qilishlari mumkin

DSQ soliq xizmati xodimlari uchun daromadlarni majburiy deklaratsiya qilish taklifini ilgari surdi. Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, ular o‘zlariga tegishli harakatlanuvchi va ko‘chmas mulklar, shuningdek, yil davomida umumiy daromadlaridan olingan boshqa aktivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiyada ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi
30 mart 2021, 17:50

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi

Toshkentda O‘zbekiston va Vengriya mamlakatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya hamda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yana 9 ta hujjat imzolandi. Mamlakatlar bandlik, atom energetikasi, qishloq va suv xo‘jaliklari sohalarida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting