O‘zbekistonning eng baland bosh Yangi yil archasi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘rnatildi. Shu munosabat bilan «Toshshahartransxizmat» «Do‘stlik metrosi — Yangi O‘zbekiston bog‘i» yo‘nalishida maxsus bepul avtobuslar ishga tushirildi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Avtobuslar 20 dekabrdan 2022 yilning 10 yanvariga qadar soat 08:00 dan 22:00 ga qadar harakatlanadi. Harakat jadvallari soni 6 ta, harakatlanish vaqti esa — 10−11 daqiqani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va O‘zbekiston hududiga koronavirus infeksiyasining yangi «omikron» shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilangandi.