«O‘zkomnazorat» qilgan harakati haqida prezident xabar topdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«O‘ylaymanki, tez orada barcha tarmoqlarga ulanish tiklanadi», — deya qo‘shimcha qildi u.

«Nigoh» kanaliga ko‘ra, «hukumatning ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini cheklash to‘g‘risidagi qarori barcha huquqiy va texnik me’yorlarga rioya qilgan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan».

«Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu haqda prezident Administratsiyasiga xabar berilmagan. Barcha platformalarning faoliyati tez orada tiklanishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun «O‘zkomnazorat» Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklangan edi.