«o‘zkomnazorat» tegli maqolalar


“O‘zkomnazorat” telefonlarni bepul stansiyalarda quvvatlash xavfidan ogohlantirdi
19 aprel 2023, 15:25

“O‘zkomnazorat” telefonlarni bepul stansiyalarda quvvatlash xavfidan ogohlantirdi

“O‘zkomnazorat” telefonlarni bepul stansiyalarda quvvatlantirish xavfidan ogohlantirdi. Bunday qurilmalar orqali shaxsiy ma’lumotlardan onlayn hisoblarga kirishda foydalanish yoki uni boshqa hujumchilarga sotish mumkin. Inspeksiya buning oldini olishda qator tavsiyalar berdi.

Deputat Twitter bloklanishi sababi yuzasidan so‘rov yubordi
20 may 2022, 08:51

Deputat Twitter bloklanishi sababi yuzasidan so‘rov yubordi

Deputat Rasul Kusherbayev «O‘zkomnazorat» ga Twitter bloklanishini asoslantirilgan holda tushuntirib berish va tarmoqdan cheklovni olib tashlash choralarini ko‘rish masalasida so‘rov kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi cheklovlarning ijobiy tarafidan salbiy oqibatlari ko‘proq.

A’zam Abdullayev «O‘zkomnazorat» boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
27 aprel 2022, 19:00

A’zam Abdullayev «O‘zkomnazorat» boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Hukumat qarori bilan A’zam Abdullayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi («O‘zkomnazorat») boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. «O‘zkomnazorat»ning avvalgi rahbari ayrim ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan lavozimidan chetlashtirilgan edi.

«O‘zkomnazorat» rahbari lavozimidan ozod qilindi
3 noyabr 2021, 22:10

«O‘zkomnazorat» rahbari lavozimidan ozod qilindi

«O‘zkomnazorat» boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev «noto‘g‘ri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun» egallab turgan vazifasidan chetlatildi. Ro‘y bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilishi aytildi.

«O‘zkomnazorat» qilgan harakati haqida prezident xabar topdi — Sherzod Asadov
3 noyabr 2021, 22:02

«O‘zkomnazorat» qilgan harakati haqida prezident xabar topdi — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «„O‘zkomnazorat“ tomonidan bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilgan harakati haqida prezident xabar topgani» haqida xabar berdi.

«O‘zkomnazorat» Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi
3 noyabr 2021, 20:21

«O‘zkomnazorat» Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar reyestriga TikTok, Twitter, VKontakte va Skype`dan tashqari Telegram, Facebook, Odnoklassniki, YouTube va boshqalar kiradi. O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlarning faoliyati cheklangan.

«O‘zkomnazorat» Wechat`ning O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi
26 iyul 2021, 13:52

«O‘zkomnazorat» Wechat`ning O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi

Shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha qonunchilikni buzgan TikTok, Twitter, Skype va «VKontakte» internet platformalari qatoriga Xitoyning WeChat ijtimoiy tarmog‘i ham qo‘shildi. O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklangan.

«Ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob, gazetaga o‘tqazish kerak» — Namangan viloyati hokimi
5 iyul 2021, 08:36

«Ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob, gazetaga o‘tqazish kerak» — Namangan viloyati hokimi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yoshlar ko‘proq kitob va gazetalarni o‘qishlari uchun ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopishni taklif qildi. O‘z navbatida, deputat Rasul Kusherbayev axborot asrida ijtimoiy tarmoqlarni cheklashni kulguli va absurd qaror deb atadi.

«Ishqilib, Telegram`ni bloklab qo‘yishmasinda». Twitter va Telegram foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlar cheklangani haqida
3 iyul 2021, 09:42

«Ishqilib, Telegram`ni bloklab qo‘yishmasinda». Twitter va Telegram foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlar cheklangani haqida

O‘zbekistonda Twitter, TikTok va VKontakte ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish cheklandi. «Gazeta.uz» Twitter va Telegram foydalanuvchilarining ushbu holat yuzasidan bildirgan ayrim fikr-mulohazalarini taqdim etadi.

O‘zbekistonda bir nechta ijtimoiy tarmoqlar faoliyati vaqtinchalik cheklandi
2 iyul 2021, 17:13

O‘zbekistonda bir nechta ijtimoiy tarmoqlar faoliyati vaqtinchalik cheklandi

“Fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning qonuniy talablari” buzilganligi uchun O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi, deya ta’kidlamoqda “O‘zkomnazorat”. Faoliyati cheklangan ijtimoiy tarmoqlar nomi ko‘rsatilmagan, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Twitter, TikTok va VKontakte faoliyatida uzilishlar bo‘layotganini aytmoqda.

«O‘zkomnazorat» Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
30 may 2021, 22:05

«O‘zkomnazorat» Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

«VKontakte», Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlari o‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini qonunga zid ravishda qayta ishlamoqda, deya ma’lum qildi «O‘zkomnazorat». Inspeksiya ijtimoiy tarmoqlarga egalik qilayotgan Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 271-moddasi talablariga amal qilish, ya’ni serverlarini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

O‘zbekistondan tashqarida turib O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlarini saqlaydigan saytlar jarimaga tortiladi
18 mart 2021, 16:25

O‘zbekistondan tashqarida turib O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlarini saqlaydigan saytlar jarimaga tortiladi

«O‘zkomnazorat» tomonidan taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash qoidalarini buzgan ma’lumotlar bazasi egalari yoki operatorlariga jarima solinadi va bunday saytlarning ishi cheklab qo‘yiladi.

G‘olibsher Ziyayev O‘zkomnazorat boshlig‘i bo‘ldi
22 sentabr 2020, 12:59

G‘olibsher Ziyayev O‘zkomnazorat boshlig‘i bo‘ldi

Bosh vazir qabulxonalari kotibiyati mudiri bo‘lib ishlagan G‘olibsher Ziyayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting