O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov ma’lum qildi.

«Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng ko‘lamli milliy kelishuvga erishilishi hamda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tomon ilk qadam bo‘lib qoladi», — deyiladi bayonotda.

O‘zbekiston TIV Afg‘onistonning yangi davlat idoralari bilan «konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini» bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 7 sentabr kuni «Tolibon» harakati Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qilgan edi.