28 avgust kuni O‘zbekistonda 811 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 154 844 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 147 243 (+693) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1070 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, shanba kuni 322 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 23 161 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 166 nafarga yetdi.