2021 yil yanvar-mart oylari yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2020 yilning shu davriga nisbatan 930 mln dollarga (11,6 foizga) kamayib, 7,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida bu haqda so‘z boradi.

Eksport 2,4 mlrd dollarni (2020 yil yanvar-martga nisbatan 26,5 foizga pasayish qayd etildi), import esa 4,7 mlrd dollarni (1,3 foizga pasayish) tashkil etdi. Natijada tashqi savdo aylanmasi 2,3 mlrd dollarga passiv saldodan iborat bo‘ldi.


Manba: Davlat statistika qo‘mitasi

O‘zbekiston jahonning 151 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Asosiy savdo sheriklari an’anaviy ravishda Xitoy (savdo aylanmasi — 1,4 mlrd dollar) va Rossiya (1,3 mlrd dollar) hisoblanadi. Ulardan keyin Qozog‘iston (866,7 mln dollar), Turkiya (653,3 mln dollar), Janubiy Koreya (408,3 mln dollar). Qirg‘iziston bilan savdo hajmi 187,9 mln , Afg‘oniston — 165,6 mln, Ukraina — 130,1 mln, Germaniya — 121,3 mln, Hindiston — 117,7 mln dollarni tashkil etdi.

Bunda 20 ta yirik sherik-davlatlar orasida olti mamlakat, xususan, Afg‘oniston (165,1 mln), Qirg‘iziston (104,4 mln), Turkiya (93,4 mln), Tojikiston (75,8 mln), Kanada (41 mln) va Eron (15,8 mln) bilan faol tashqi savdo balansi mavjud. Tashqi savdo aylanmasining passiv saldosi qolgan 14 davlatda saqlanib qolmoqda.

Eksport

Yanvar-mart oylari yakunida tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Xitoy (eksport umumiy hajmining 19,6% i), Turkiya (15,6%), Rossiya Federatsiyasi (15,1%), Qozog‘iston (10,3%), Afg‘oniston (6,9%), Qirg‘iz Respublikasi (6,1%) va Tojikiston (3,7%) davlatlari saqlanib qolmoqda hamda ularning jami eksportdagi ulushi 77,3% ni tashkil etmoqda.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 80,5% ni tashkil etib, ular sanoat tovarlari (38,0%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (9,5%) va kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar (9,5%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Respublika eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 31,3% ulush bilan 750,2 mln dollarni, eng quyi ulushni esa Qashqadaryo viloyati 1,8% ulush bilan 42,1 mln dollarini tashkil etdi.

Eksport hajmining sezilarli pasayishiga, avvalroq «Gazeta.uz» xabar qilganiday, yetti oydan beri O‘zbekiston oltin eksport qilmayotganining sababidir. Ushbu chorakda gaz sotuvi 49,3 million dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63,6 foizga kam.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi 218 ming tonnani tashkil etdi va qiymat jihatidan $ 133,8 milliondan oshdi (pasayish darajasi 2020 yilning shu davriga nisbatan 1,9%). Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari — Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya va Pokiston davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilda 637,7 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 26,6% ini tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 37,8% ga o‘sdi.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida paxtadan yigirilgan ip (54,9%), tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari (23,1%) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 364 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 54 ta davlatiga eksport qilindi.

To‘qimachilik mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya Federatsiyasi (209,4 mln dollar — 32,8%), Xitoy Xalq Respublikasi (170,1 mln dollar — 26,7%) va Qirg‘iz Respublikasi (84,0 mln dollar — 13,2%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Xizmatlar eksporti hajmi 467,1 mln dollarni yoki jami eksport hajmining 19,5% ini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 25,7% ga kamayganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (72,0%), safarlar (turizm) (12,2%), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (7,0%) hamda boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar (3,5%) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, boshqa xizmatlar (5,3%)ni tashkil etib, tarkibida eng yuqori ulushlar qurilish xizmatlari (2,3%), moliyaviy xizmatlar (1,1%) hamda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar (0,6%) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Import

Import hajmi 4,707 mlrd dollarni va 2020 yilga nisbatan 98,7% ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (29,5%), sanoat tovarlari (18,7%) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar (14,3%) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,7 mln dollarga ko‘paydi va 4 345,1 mln dollarni tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 361,9 mln dollarga yetdi.

Umumiy tovarlar importi o‘tgan yilga nisbatan kamayishiga qaramay ayrim tovar guruhlarida o‘sish kuzatildi. Masalan, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari — 300,2 mln dollar (o‘sish — 32,9%), efir moylari, rezinoidlar va attorlik moddalari — 57,7 mln dollar (o‘sish — 31,1%), donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar — 180,8 mln dollar (o‘sish — 40,6%) ga yetdi.

O‘zbekiston tomonidan 134 davlatdan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi. Yetti yirik hamkor davlatlar (Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Turkiya Germaniya va Hindiston) jami importning 72,0% ulushini tashkil qildi, bu 3,387 mlrd dollarni tashkil etdi.

Sanoat tovarlari importi hajmi 880,8 million dollarni tashkil etdi va 2020 yilning shu davriga nisbatan 14,8 foizga o‘sdi.

Sanoat tovarlari importi asosan cho‘yan yoki legirlanmagan po‘lat (392,3 mln dollar), metall buyumlar bo‘yicha (103,1 mln dollar), metall bo‘lmagan mahsulotlar (85,8 mln dollar), to‘qimachilik iplari, matolar, tayyor mahsulotlar (83,9 mln dollar), qog‘oz va karton (66,1 mln dollar) va boshqalardan tashkil topgan.

Xizmatlar importi hajmi 361,9 mln dollarni yoki jami import hajmining 7,7% ini tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 67,1% ga kamaygan. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar (36,7%), safarlar (turizm xizmatlari) (34,9%) intellektual mulkdan foydalanganlik uchun yig‘imlar (6,7%) va transport xizmatlari (6,7%) ga tegishli bo‘ldi. Shuningdek, boshqa xizmatlar ulushi jami xizmatlar importining 15,0% ini tashkil etib, uning tarkibida yuqori ulushlarni telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari (6,5%), qurilish xizmatlari (3,6%), texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar (2,0%) va boshqalar tashkil etdi.

Pandemiya paytida kiritilgan karantin cheklovlari xizmat ko‘rsatish sohasiga ham

ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar tomonidan xalqaro transport qatnovi tranzitiga qo‘yilgan cheklovlar natijasida transport xizmatlari importi 3 baravar kamayib, 24,2 mln dollarni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Statistika qo‘mitasi.

Shu bilan birga, 2020- yilga nisbatan ba’zi xizmatlar importi oshishi kuzatilgan. Xususan, boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar importi 132,9 mln dollar (o‘sish — 9,3 b.), qurilish xizmatlari — 13,1 mln dollar (o‘sish — 4,1 baravar)ni tashkil etdi.