Avvalroq, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov prezident farmoni bilan ishdan olingani va uning o‘rniga Toshkent shahrining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Xidoyatov Davron Abdulpattaxovich hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Shu munosabat bilan Olmazor tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Rahmonov 1959 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1981 yilda Kiyev muhandislik-qurilish institutini, 2000 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U 2018 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Rahmonovning o‘rniga — avvalroq, Olmazor tumani hokimi sifatida Abdumajid Mullajanov tayinlangan edi.