Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni 2021 yilgi O‘zbekiston davlat byudjetining ijrosini ta’minlash bo‘yicha qarorni imzoladi. Hujjat O‘zA tomonidan tarqatildi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 10%ga oshirildi.

Ushbu sanadan boshlab O‘zbekiston hududida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 747,3 ming so‘m (679,3 ming so‘m) etib belgilandi.

Bazaviy hisoblash miqdori esa 223 ming so‘mdan 245 ming so‘mga ko‘tariladi.

Qarorda 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga to‘lanadigan nafaqa miqdori 10% ga oshiriladi.

Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa 434 ming so‘m etib belgilanadi.

Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam 326−653 ming so‘m etib belgilanadi. Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 fevraldan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori, hamda pensiya, stipendiya va nafaqalar o‘rtacha 7% ga oshirilgan edi. 1 sentyabrdan boshlab pensiya va nafaqalar 10%ga oshirilgan edi. O‘shanda farmon bilan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalar uchun nafaqa oluvchilar sonini 2 baravar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolaga qarash uchun nafaqa oluvchilar sonini 20 foizga oshirilgan edi.