Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudi 9 noyabr kuni So‘x tumani Chashma qishlog‘ida qo‘shni davlat fuqarolari bilan suv masalasidagi можарода ishtirok etgan 22 nafar fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda Oliy sud saytining ochiq ma’lumотларида keltirilgan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) hamda 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan ayblov e’lon qilingan.

Oliy sud ma’lumotiga ko‘ra ayblanuvchilar: Maxmadaliyev Shoxzod Janobidinzoda, Sobirov Ismoilbek Muzaffarjon O‘g‘li, Xasanov Ruslan Valijonovich, Jurayev Nazirjon Obidovich, Otashov Oybek Sayidzoda, Shodiyev Baxodirjon Jamolidinovich, Zaylobov Zaylobidin Ulug‘bekzoda, Olimov Shohrombek Rustamzoda, Safarjonov Xurshedbek Barotzoda, Rahmonaliyev Xursanjon Suhrobzoda, Axrorov Firdavs Muloxusenovich, Mallayev Davlatjon Namiralizoda, Mirzojonov Shohboz Yaxyozoda, Jurayev Yodgorjon Qutbidinovich, Mirsharipov Ravshanjon Jumaboyevich, Axmedov Maxsum Boboxojiyevich, Ismatov Sardor Habibullozoda, Boronboyev Jasur Olamzoda, Parpiyev Suxrobjon Muxtorovich, Xolmatjonov Dostonbek Davronjonovich, Jonuzokov Furkatjon Abdurasulovich, Foziljonov Baxtiyorjon Atabekovich.

Daryo.uz nashrining ma’lum qilishicha, ayblanuvchilar orasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs ham bor. Sud majlisi besh soatga kech qolib boshlangan va karantin cheklovlarini inobatga olgan holda, har bir ayblanuvchining faqat ikki nafar qarindoshiga ruxsat berilgan.

Sud o‘z ishini 16 noyabr kuni davom ettirishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, «Gazeta.uz» avgust oxirida olti nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va ular orasida Farg‘ona viloyati sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiyaga tosh otgan fuqaro ham bo‘lgani haqida yozgan edi.

Olti nafar ayblanuvchi qatorida, shuningdek, 22 yoshli Dadaxon Haydarov [iyun oyida bo‘lib o‘tgan bosh vazir bilan uchrashuvda hokimni o‘zgartirishni so‘ragan so‘xlik videobloger] va 28 yoshli Dilmurod Maxbubov ham qo‘lga olingan edi. Keyinchalik, 2 senyatbr kuni ular tergov ayblov qo‘ya olmagani bois qamoqdan ozod qilingandi.

Ayblanuvchilarga 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Jinoyat кодексининг 219-moddasi 2-qismi bilan — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin.

JKning 244-moddasi bilan esa — o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.