Belarusda birinchi atom elektr stansiyasi (BelAES) faoliyati avariya tufayli vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Interfaks xabar bermoqda.

«Hozirda BelAES da elektr energiyasi ishlab chiqarilmayapti. Kecha Energetika vazirligi ma’lum uskunalarni almashtirish zarurligi to‘g‘risida xabar berdi», — dedi axborot markazi vakili.

Hozirda uskunalar sozlanayotganligi va ishga tushirish ishlari davom etayotganligi sababli elektr stansiya faoliyatining tiklanish muddati noma’lum bo‘lmoqda. Belarus Energetika vazirligi BelAES da «individual elektr o‘lchash uskunalarini» almashtirish zarurligini aniqlaganini e’lon qildi, ammo buning sabablari ko‘rsatilmagan.

TUT.BY ma’lumotlariga ko‘ra, BelAES ning to‘xtatilishi generator bilan bog‘liq bo‘lgan bloklardan birida bosim transformatorlarining ishlamay qolishi sabab bo‘ldi.

Ushbu hodisa radiatsiya tarqalishi nuqtai nazaridan hech qanday xavf tug‘dirmasligi ta’kidlanmoqda.

7 noyabr kuni Belarus atom elektr stansiyasining 400 MVt quvvatga ega bo‘lgan birinchi bloki ishga tushurildi. Marosimda Aleksandr Lukashenko ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, ushbu AESni Rossiyaning «Rosatom» kompanisi qurgan.