2 sentyabr kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42370 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 2 380 kishi davolanmoqda. Ulardan 275 nafari og‘ir, 147 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda kasallik qayd etilgan jami 42370 nafar bemordan 39 664 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 65 yoshli M.A. (erkak) hamda Olmaliq shahrida yashagan 64 yoshli A.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.