31 avgust kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41651 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 89 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 8 nafari Andijon viloyatida hamda 2 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 2 515 kishi davolanmoqda. Ulardan 250 nafari og‘ir, 137 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda kasallik qayd etilgan jami 41 651 nafar bemordan 38 819 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 60 yoshli X.A. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 53 yoshli S.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.