28 avgust kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40613 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Toshkent viloyatida, 11 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 3 113 kishi davolanmoqda. Ulardan 279 nafari og‘ir, 133 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda kasallik qayd etilgan jami 40 613 nafar bemordan 37 200 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 63 yoshli M.K. (erkak) hamda 59 yoshli M.U. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.