TikTok ijtimoy tarmog‘iga egalik qiluvchi Xitoy ByteDance kompaniyasi 24 avgust kuni AQSH sudiga shikoyat bilan murojaat qildi. Bu haqda kompaniyaning saytidagi murojaatnomada aytilgan.

Kompaniya AQSH hukumatining mamlakat hududida TikTok faoliyatini taqiqlash bo‘yicha qaroriga qarshi chiqishga harakat qilmoqda.

«So‘nggi bir necha yil ichida barcha qatlamdagi odamlar TikTok jamiyatini qabul qildilar. Bugungi kunda 100 million amerikaliklar TikTokga o‘yin-kulgi, ilhom va bog‘lanish uchun murojaat qilishadi; son-sanoqsiz ijodkorlar o‘zlarining ijodlarini ifoda etish, keng ommaga ularni yetkazish va daromad olish uchun platformamizga suyanadilar; AQSHdagi 1500 dan ortiq xodimlarimiz har kuni ushbu platformani qurishga chin yurakdan o‘z xissalprini qo‘shadilar», — deyiladi murajaatnomada.

Kompaniya mamlakat bo‘ylab yana 10 ming atrofida yangi ish joylarini tashkil etilishini rejalashtirganini ma’lum qilgan.

Xitoy kompaniyasining ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati Amerika tomonining da’volarini e’lon qilganidan keyin TikTok egalari tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli choralarni e’tiborsiz qoldirmoqda.

Kompaniya AQSHdagi foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumoti va xavfsizligini ta’minlash uchun tezkor choralar ko‘rilganini, shu jumladan, TikTokning bunday ma’lumotlarni (shaxsiy ma’lumot) Xitoydan tashqarida (AQSH va Singapurda) saqlash va TikTokning AQSHdagi ma’lumotlarini boshqa ByteDance mahsulotlarining ma’lumotlaridan alohida saqlashni ta’minlaydigan dasturiy to‘siqlar o‘rnatilayotganligini ma’lum qildi.

Oldinroq, Tramp TikTok 15 sentyabrgacha «Microsoft yoki boshqa juda amerikalik kompaniya» tomonidan sotib olinsa, uning faoliyat ko‘rsatishiga rozilik berishini ta’kidlagan edi. Biroq, kelishuvga ko‘ra, AQSH G‘aznasi ham hisobga olinishi, unga «ko‘p pul tushirilishi» kerak deyildi. Agar muddatidan oldin kelishuvga erishilmasa, u holda TikTok mamlakatda taqiqlanadi.

Iyul oyining boshida Hindistonning elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi Xitoy kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan 59 ta mobil ilovalarini, shu jumladan, TikTok ilovasini ham taqiqlab qo‘ydi.