24 avgust kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39065 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 99 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida hamda 2 nafari Qoraqalpog‘istonda tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 3 803 kishi davolanmoqda. Ulardan 249 nafari og‘ir, 129 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda kasallik qayd etilgan jami 39 065 nafar bemordan 34 987 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 59 yoshli R.Sh. (erkak) hamda O‘rtachirchiq tumanida yashagan 50 yoshli D.I. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani ma’lum bo‘ldi.