Bosh prokuratura Toshkent viloyatining Qibray tumanida sodir etilgan qotillik yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan JKning 97, 169, 227 va 241-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni tumandagi Qodiriya elektr stansiyasi hududida sayohat jomadoni ichidan erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan edi. Marhum muqaddam Oliy sudda rahbar lavozimlaridan birida ishlagan.