11 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12206 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Karantin марказидаги (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 30 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 14 nafari Qoraqalpog‘istonda (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 9 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 4621 kishi davolanmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 10 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 7530 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.