9 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11447 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 104 nafari Karantin марказидаги fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 56 nafari Toshkent shahrida (barchasi aholi orasida), 4 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 14 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 355 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 7082 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.️