O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushining har bir ishtirokchisi va nogironiga 20 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmon O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda 1941−1945-yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan.

O‘tgan yili urush qatnashchilari va nogironlariga to‘lanadigan pul miqdori 18 million so‘mni tashkil etgandi. Summa 2022-yilda — 15 million so‘m, 2021-yilda — 12 million so‘m, 2020-yilda — 10 million so‘m, 2019-yilda — 7,5 million so‘m, 2018-yilda — 5 million so‘m va 2017-yilda — 2 million so‘m bo‘lgan.