1 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8298 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 85 nafari Karantin марказидаги fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 24 nafari Toshkent shahrida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi), 5 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 7 nafari Xorazm viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 1 nafari Qoraqalpog‘istonda aholi orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 2919 kishi davolanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 5682 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Yigirma to‘rt nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan.