19 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5946 (+26) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari esa Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Ayni paytda 4273 (+74) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

️Hozirda 1654 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.