Uzbekistan Airports boshqaruv rahbari Ravshan Ismailov 20 dan ortiq aviakompaniyalar, shu jumladan “Aeroflota”, “Sibiri”, Turkish Airlines, Fly Dubai, Korean Air, Asiana i Air Astana vakillari bilan onlayn-konferensiya o‘tkazdi, xabar berdi Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati.

“Onlayn-konferensiyada xorijlik sheriklar O‘zbekistonga aviaqatnovlarni boshlashga tayyor ekanliklarini aytishda va bu borada o‘z takliflarini bildirishdi”, — deya xabar beradi Uzbekistan Airports o‘z Facebook sahifasida.

Muzokaralarda reyslarni qayta yo‘lga qo‘yish va takroriy pandemiya holati takrorlanadigan bo‘lsa, xorijiy aviakompaniyalar samolyotlarini samarali ekspluatatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston boshqa mamlakatlar bilan barcha transport aloqalarini 20 mart kuni koronavirus xavfi sababli vaqtinchalik to‘xtatgan edi. 30 martdan boshlab esa respublika hududidagi barcha aeroportlar yopilgan va aviaqatnovlar butunlay to‘xtatib qo‘yilgan edi. Chet eldagi fuqarolarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha maxsus reyslar esa 8 mayda qayta yo‘lga ko‘yildi.

O‘zbekiston hukumati xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklashni “yashil”, “sariq” va “qizil” reyslarni bosqichma-bosqich yo‘lga ko‘ygan holda rejalashtirmoqda.