Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Xabarga ko‘ra, xalq deputatlari So‘x tumani kengashi yig‘ilishida 2019 yildan buyon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlandi.

S.Sayidmusayev 1970 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti, IIV akademiyasini tamomlagan. Quva, Beshariq tuman hamda Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Yig‘ilishda prezident Administratsiyasi mas’ullari, bosh vazir ӯrinbosarlari, respublika vazirlik va idora rahbarlari, Farg‘ona viloyati hokimining ӯrinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari va boshqalar ishtirok etgan.

«Albatta, bir necha kun oldin chegara hududidagi bӯlgan noxush holat kӯp narsalarni qaytadan kӯrib, qaytadan qarashga hammamizni majbur qildi. Bevosita Prezidentimizning topshiriqlari bilan men boshchiligimda vaziyatni ӯrganish uchun mutasaddiy idoralar rahbarlari yetib kelishdi. Birinchi navbatda viloyat rahbari G‘aniyev Shӯhrat Madaminovich va boshqa rahbarlar yetib kelib vaziyatni chuqurlanishiga yӯl qӯymagan», — deya ta’kidlagan yig‘ilishda qatnashgan bosh vazir Abdulla Aripov.


Oldinroq, So‘x tumanining avvalgi hokimi Farrux Usarov lavozimidan ozod qilinganligi haqida xabar bergan edik.

31 may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi «Chashma» uchastkasida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari aholisi o‘rtasida nizo kelib chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Vazirliklar va viloyat boshqarmalar rahbarlari So‘x tumanida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdi.