11 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 767 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Elatib o‘tamiz, 11 aprel kuni O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan jami holatlar avvaliga 669 tadan 694 taga (o‘sish — 25 ta), so‘ngra 729 taga (+35) yetgani xabar qilindi. Shunday qilib, kun davomida yangi COVID-19 holatlari jami 98 tani tashkil etdi.