7 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 520 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni kun davomida COVID-19 infeksiyasi aniqlangan holatlar avvaliga 15taga oshib, 472 taga, so‘ngra yana 32 taga ortib, jami 504 taga yetgani xabar qilindi. Bunda 30 ta holatda bemorlar to‘liq sog‘aygan bo‘lsa, 2 tasida hayotdan ko‘z yumdi.

Shuningdek, ayni paytda Avstriya (1), Armaniston (1), AQSH (10), BAA (1), Koreya Respublikasi (1), Pokiston (5), Rossiya (1), Tailand (1) va Qozog‘iston (2)da bo‘lib turgan 23 nafar O‘zbekiston fuqarosida ham ushbu kasallik aniqlangan. Ulardan 3 nafari vafot etgan.