Rossiyada koronovirus infeksiyasiga chalinish bo‘yicha ikkita holat aniqlandi, har ikkala bemor ham Xitoy fuqarolari, deb xabar berdi Novosti RAA.

Birinchi hodisa Baykalorti o‘lkasida, ikkinchisi esa Tyumen viloyatida qayd etildi.

Bemorlarning ahvoli barqaror, klinik alomatlar va isitma yo‘q, dedi Rossiya bosh sanitariya vrachi Anna Popova. U mamlakatda virus tarqalishi xavfi yo‘qligini ta’kidladi.

Mamlakatda koronavirus bilan kurashish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova.

Bosh vazir o‘rinbosari Uxanda 300 nafar, Xubeyda esa 341 nafar Rossiya fuqarosini evakuatsiya qilish boshlangani haqida ma’lum qildi. Rossiya hukumati Xitoydan qaytish istagidagilar soni hamda rossiyaliklarni tashish uchun XXRga parvoz qiladigan samolyot va ularni ikki hafta davomida karantinda saqlash uchun binolarni belgilab olmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya «Aeroflot»ning Pekin, Shanxay, Guanchjou va Gonkongga amalga oshiradigan reyslaridan tashqari, Xitoy bilan barcha yo‘lovchi qatnovlarini yopmoqda.

Yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni 213 nafarga yetgan bo‘lsa, kasallanganlar 9800 kishidan oshdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kasallik tarqalishi munosabati bilan xalqaro miqyosdagi favqulodda holat e’lon qildi.