Dushanba kuni O‘zbekiston hududiga kam namli va nisbatan salqin havo oqimi kirib keldi. Kunduzgi harorat dam olish kunlariga qaraganda 8−10 darajaga pasaydi, Toshkent viloyati va tog‘li hududlarda bir oz yomg‘ir yog‘di, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Seshanbadan hafta oxiriga qadar esa respublika hududi bir turga mansub havo oqimlari ta’siri ostida bo‘ladi. O‘zbekiston bo‘ylab quruq va mo‘’tadil iliq harorat kuzatiladi. Havo harorati ushbu mavsum uchun m’yoriy darajaga yaqin bo‘ladi — kechasi +5…+10 daraja, kunduzi — +20…+25 daraja.

Yaqin kunlar uchun ob-havo bashorati